Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi (Markaz) avtomobil bozorida sotuvlar oʻzgarishini muntazam tahlil qilib kelmoqda.

2021-yilning iyul oyida aholi oʻrtasida avtomobil oldi-sotdisi boʻyicha shartnomalar soni joriy yilning iyun oyiga nisbatan 23,8% sezilarli kamayganligini koʻrsatdi. Bu haqda Markaz matbuot xizmati Spot’ga xabar berdi.

Shu bilan birga, iyul oyi koʻrsatkichlarini oʻtgan yilgi koʻrsatkichlar bilan taqqoslaganda xulosa qilish mumkinki, mamlakatda epidemiologik vaziyatning yomonlashuvi sababli joriy etilgan bu yilgi cheklov choralari oʻtgan yilning iyul oyida butun mamlakat boʻylab lokdaun qilinishidan farqli oʻlaroq unchalik qattiq boʻlmadi. Ushbu choralar talabning keskin darajada pasayib ketishini oldini olishga yordam berdi.

Birinchidan, hozirda ichki avtomobil bozorida xaridorlar va sotuvchilarga narx emas, balki avtomobillarni yetkazib berish bilan bogʻliq qiyinchiliklar bosim koʻrsatmoqda.


Yarimoʻtkazgichlarni yetkazib berish bilan bogʻliq vaziyat (zamonaviy avtomobillarda tobora murakkab elektronikani boshqarish uchun ishlatiladigan kompyuter chiplari) yomonlashmoqda va salbiy tendensiya davom etmoqda.

Koronavirus pandemiyasi tufayli vujudga kelgan global mikrochiplarning taqchilligi avtomobillar yetkazib berish kutish vaqtini oshirmoqda. Shu munosabat bilan yangi tuzilgan shartnomalar boʻyicha ayrim mahalliy avtomobillarni yetkazib berish faqat 2022-yilning fevral oyidan boshlanadi.


2021-yil iyul oyida 17,2 mingta yangi avtomobil roʻyxatga olindi. Shundan 454 tasi (2,7%) chet elda ishlab chiqarilgan avtomobillardir.

Umuman, yanvar-iyul oylarida respublika boʻyicha 111,8 ming dona yangi yengil avtomobillar sotildi, shundan, 5,1 ming donasi chet elda ishlab chiqarilgan avtomobillar.