Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2021-yilning yanvar-iyul oylarida Oʻzbekiston 11 ta xorijiy davlatga qiymati $7,5 mln ga teng boʻlgan 34,3 mingta konditsioner eksport qilgan.
Bu oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda $2,7 mln ga koʻp hisoblanadi.
Mahsulotga asosiy xaridor Ozarbayjon boʻlib, 19,2 mingta konditsioner import qilingan.
Batafsil roʻyxat quyidagicha:
- Ozarbayjon — 19,2 mingta
- Tojikiston — 6,4 mingta
- Rossiya — 3,4 mingta
- Turkmaniston — 1,8 mingta
- Qirgʻiz Respublikasi — 1,5 mingta
- Qozogʻiston — 1,3 mingta
- Moldova — 487 ta
- Turkiya — 100 ta
- Yaman — 99 ta
- Afgʻoniston — 65 ta
- Armaniston — 6 ta
Shuningdek, hududlar kesimida Toshkent shahri eng koʻp ($6,6 mln) konditsioner sotgan. Keyingi oʻrinlarda Toshkent ($819,8 ming) va Andijon ($1,2 ming) viloyati bormoqda.