Telegram messenjerini yuklab olishlar soni 1 milliarddan oshdi. Bu haqda raqamli bozorlar boʻyicha tahlilchi Sensor Tower xabar berdi.

Ilovani yuklab olishlar soni boʻyicha mamlakatlar orasida birinchi oʻrinni Hindiston egalladi (umumiy hisobning 22%i). Keyingi oʻrinlarda Rossiya va Indoneziya bormoqda, bu yuklanishlarning taxminan 10% va 8% ni tashkil qiladi.

Kompaniyaning qoʻshimcha qilishicha, 2021-yilning birinchi yarmida Telegram 214,7 mln marta yuklangan. Bu oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 61% ga koʻp.

TechCrunch ilovalarni yuklab olish soni uning faol foydalanuvchilari soniga teng emasligini taʼkidlaydi. Portal maʼlumotlariga koʻra, yil boshida messenjerning “tirik foydalanuvchilari” soni 500 mln boʻlgan.

Messenjer 1 mlrd dan koʻp yuklab olingan 15-ilovaga aylandi. Avvalroq bunday koʻrsatkichga Facebook va uning tarmoqlari (WhatsApp va Instagram), Netflix hamda Spotify erishgan edi.

Avvalroq Spot Telegram asoschisi Pavel Durovning ogohlik haqidagi postini oʻzbek tilida taqdim etgan edi.