Toshkent viloyati, Bo’stonliq tumani, Navobod MFY da joylashgan “Lipton” nomli oshxona binosi va sohil bo’yi (ijaraga) auksionga qo’yildi.

Bino va inshootlar “Chorvoq Oromgohi” MCHJga tegishli bo’lib, boshlang’ich ijara narxi 1,1 mlrd so’mdan boshlanadi.

Shartlar:

  • 01.06.2021-yildan 01.09.2021-yilgacha shartnoma tuzish majburiyati yuklatiladi.
  • 70 kv.m Chakana savdo‎, 464.62 kv.m Umumiy ovqatlanish va 16609 kv.m Sayyohlik va dam olishni tashkil etish faoliyatlari uchun.
  • Kommunal toʻlovlari 2 tomonlama boʻladi.
  • Yangi “Soliq kodeksi"ga asosan 2020-yil 1-apreldan ijara shartnomasidagi yillik ijara toʻlovi summasi (qoʻshilgan qiymat soligʻi) ichida hisoblanadi.
  • Shuningdek, ijaraga olinadigan ob’yektnining kommunal holati mavjudligi boʻyicha “Balansda saqlovchi” javobgar hisoblanadi.

Binoda elektr toki, suv, kanalizatsiya va gaz mavjud emas.