Bank sohasidagi vakansiyalar: “Anor Bank”, “Orient Finans Bank” va TBC bank mutaxassislarni qidirmoqda

Spot O’zbekistonda faoliyat yuritayotgan banklardagi bo’sh ish o’rinlarini o’rganib chiqdi. Umumiy hisobda, lavozimlar bo’yicha nomzodlardan 3 yildan 6 yilgacha, 1 yildan 3 yilgacha ish tajribasi bo’lishi talab etilmoqda. Ayrim ish o’rinlari uchun tajriba talab etilmaydi.


Qoʻllanma: 1hls ilovasidan qanday qilib pul topish va uni “yechib olish” mumkin

Ushbu qoʻllanmada platformadan roʻyxatdan oʻtish, pul ishlash va uni yechib olish haqida maʼlumotlar berib oʻtamiz.


Osiyo taraqqiyot banki Oʻzbekiston prognozlarini yaxshiladi

OTBning nashri mamlakat iqtisodiyotining 2021-yilning birinchi yarmida 6,2% ga oʻsishini qayd etdi.


Boshqa yangiliklar:

  1. Ijtimoiy himoya masalasida murojaat qilish uchun Telegram bot ishga tushirildi. Shuningdek, botga eng koʻp kelib tushayotgan savollar javoblari bilan birgalikda oʻzbek va rus tillarida joylashtirilgan.
  2. Yirik investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun eng yaxshi takliflar tanlab olinadi. Talabgor yirik investitsiya loyihasini amalga oshirish bo‘yicha faqat DXM va YAIDXP orqali ariza bilan murojaat etadi.
  3. Ko‘chmas mulkni ijaraga berish shartnomalari soliq organlarida hisobga qo‘yiladi. 2022-yil 1-yanvardan yuridik shaxslar tomonidan ko‘chmas mulkni ijaraga berish (olish) yoki tekin foydalanish shartnomalari davlat soliq xizmati organlarida hisobga qo‘yiladi. Bunda hisobga qo‘yish masofadan turib faqat elektron shaklda amalga oshiriladi.
  4. MY5 kanali ma’muriy javobgarlikka tortildi. Xabarda ma’lum qilinishicha, telekanal “O'zbekiston kino ishlab chiqaruvchilar assotsiatsiyasi” ning filmlarini ruxsatsiz va shartnoma tuzmasdan efirga uzatgan.
  5. Oʻzbekistonning tashqi qarzi birinchi marta $35 milliarddan oshdi. Yil boshidan buyon u $2 mlrd ga oʻsdi.
  6. Davlat funksiyalarini xususiy sektorga o‘tkazish tartibi belgilandi. Nozimga ko’ra, davlat funksiyalarining yagona reyestrini shakllantirish va yuritib borishga qaratilgan elektron maydoncha yaratiladi.
  7. Prezident hujjatlarining ijrosini nazorat qiluvchi telegram bot ishga tushirildi. Bot Adliya vazirligi tomonidan tashkil etilgan bo’lib, davlat rahbari hujjatlari yuzasidan fikrlarni fuqarolar tomonidan qabul qiladi.
  8. UzAuto Motors tuning qilingan avtomobillarni taqdim etdi. Bu noodatiy tarzdagi Chevrolet Lacetti, Chevrolet Cobalt, Chevrolet Nexia, Chevrolet Spark modellari bo’ldi.
  9. Mahallalarda “Elektron kuzatuv maskanlari” tashkil etiladi. Eksperiment doirasida tadbirkorlarga beriladigan maskanlar va ularning binolari atrofida 6 kvadrat metrgacha “Elektron kuzatuv maskanlari” joylashtiriladi.
  10. Moliya vazirligi tomonidan subsidiya platformasi yaratildi.