Instagram ilovaning bolalar uchun mo’ljallangan versiyasini ishlab chiqishdan to’xtadi.

Loyihaning to’xtatilishini Instagram rahbari Adam Mosseri e’lon qildi. Uning so’zlariga ko’ra, endi ishlab chiquvchilar 10 yoshdan 12 yoshgacha bo’lgan o’smirlar uchun ilovaning bir versiyasi bilan shug’ullanadilar, chunki hozirdan boshlab kompaniya siyosati 13 yoshgacha bo’lgan shaxslarga ijtimoiy tarmoqdan foydalanishni taqiqlaydi.

Nashrning ta’kidlashicha, AQShning 44 shtati kompaniyadan “Kids” versiyasini yaratish rejalaridan voz kechishni so’ragan. Huquq himoyachilarining fikriga ko’ra, ijtimoiy tarmoqlar bolalar salomatligi va farovonligiga zarar yetkazadi.

Mosserining aytishicha, Instagram shuningdek, ota -ona nazorati vositalarini takomillashtirish ustida ham ishlaydi.

Uning aytishicha, hozirgi kunda o’smirlar ko’pincha ijtimoiy tarmoqlarda ro’yxatdan o’tish uchun yoshini o’zgartiradilar.

Mavzuga doir: Facebook 13 yoshgacha bo’lgan bolalar uchun Instagramning yangi versiyasini yaratadi. Bu Messenger Kidsga o’xshagan ilova bo’lib, unda “Ota-onalar nazorati” tizimi kiritilishi reja qilingan.