Senat yalpi majlisida “Davlat bojxona xizmati toʻgʻrisida"gi qonunga qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritish haqida"gi qonun muhokama qilindi. Qonun bilan bojxona xizmatidagi ayrim jarayonlarga yangilik va oʻzgartirishlar kiritilmoqda.

Qonun bojxona auditini amalga oshirish va hujjatlarni tekshirish, Davlat bojxona qoʻmitasi raisining buyrugʻi asosida oʻttiz yoshdan oshgan fuqarolarni bojxona organlarining ixtisoslashtirilgan tarkibiy tuzilmalariga xizmatga qabul qilish mumkinligini belgilovchi normalar bilan toʻldirilmoqda.

Qonunchilikda mavjud nomuvofiqliklar va noaniqliklar sababli amaliyotda uchrayotgan muammoli holatlarni bartaraf etish maqsadida bir qator oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilmoqda.

Avvalroq Spot 1-avgustdan bojxona rejimining qanday talablari osonlashtirilganligi haqida yozgan edi.