2021-yil 1-oktyabr holatiga koʻra, oʻzini oʻzi band qilganlar soni 1 064 895 nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda davlat soliq qoʻmitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Rasmiy maʼlumotlarga koʻra, bu borada Toshkent shahri (113 696), Fargʻona (116 099) va Samarqand viloyati (154 367) yetakchilik qilmoqda.

Sohalar boʻyicha yetkachilik quyidagicha:

  • IT sohasida 23 351 nafar (eng koʻp Toshkent shahri — 7 071),
  • isteʼmol tovarlari ishlab chiqarishda 108 768 nafar (eng koʻp Toshkent shahri — 22 136),
  • sanoat yoʻnalishida xizmat koʻrsatish 174 898 nafar (eng koʻp Fargʻona — 26 348),
  • ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish sohasida 182 080 nafar shaxs oʻzini oʻzi band qilgan (eng koʻp Samarqand viloyati — 29 292).

Avvalroq Spot mustaqil hamshiralik bilan shug‘ullanuvchilar ham o‘zini-o‘zi band qiluvchi shaxslar qatoriga kiritilganligi haqida yozgan edi.