Shvetsiya hukumati Yevroittifoq hududida Proof-of-Work (PoW) algoritmi orqali kriptovalyuta mayningi bilan shugʻullanishni taqiqlash taklifi bilan chiqdi.

Ularning fikricha, kriptovalyuta yigʻish atmosferaga yiliga 120 mln tonna is gazi ajralib chiqishiga olib keladi.

Proof-of-Work algoritmi tranzaksiyalarni tasdiqlash va yangi bloklar yaratish uchun qoʻllanadi. Hozirda bitkoyn, Ethereum, Litecoin, Dogecoin, Monero va boshqa kriptovalutalar PoW algoritmida ishlaydi.

Avvalroq Spot kriptovalyutalar bozorining hajmi $3 trln dan oshganligi haqida yozgan edi.