CoinGecko ma’lumotlariga ko’ra, kriptovalyuta bozorining umumiy kapitallashuvi $3 trlndan oshdi.

Taqqoslash uchun: dunyodagi eng qimmat kompaniyalar ro’yxatida birinchi o’rinni egallab turgan Microsoft kompaniyasining kapitallashuvi 2,6 trlnni tashkil etadi.

Aprel oyida kriptovalyuta bozori jadal o’sib, kapitalizatsiya $2 trlnni tashkil etganligi haqida xabar berilgan edi.

Hozirga kelib, eng ommabop kripto-aktiv hisoblangan bitkoin narxi $66 000 ni tashkil etadi.