“Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyati tomonidan “Voljskiy-Toshkent” yoʻnalishida yoʻlovchi poyezdining 5ta maxsus reysi yoʻlga qoʻyiladi. Bu haqda Transport vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Mazkur poyezdlar 2021-yil 15, 19, 22, 26, 29-noyabr kunlari soat 20:57da “Voljskiy-Toshkent” yoʻnalishida harakatini amalga oshiradi.

Ushbu poyezdlarga faqat bir tomonga, yaʼni “Voljskiy-Toshkent” yoʻnalishiga chiptalar sotiladi. Chiptalarni elektron tarzda ham sotish yoʻlga qoʻyilgan.

Rossiyadagi fuqarolarning yaqinlari Oʻzbekistonda turib, ularning shaxsini tasdiqlovchi hujjati nusxasi bilan “Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyati veb-sayti orqali ye-ticket.railway.uzʼdan chiptalarni elektron tarzda xarid qilib olib, joʻnatishlari ham mumkin.