Tesla “kompaniyani dastlabki tekshirishlar boshlanganidan” keyin haydash paytida Passenger Play funksiyalarini bloklaydi, deya xabar berdi Milliy yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi (NHTSA).

NHTSA 2017-yildan beri ishlab chiqarilgan 580 mingga yaqin elektromobilni sinovdan oʻtkazishni boshladi. Regulyatorga koʻra, Passenger Play “haydovchini chalgʻitishi va avariya xavfini oshirishi mumkin”.

Reuters agentligining xabar berishicha, komissiya Oregon shtatida joylashgan Tesla Model 3 haydovchisining ushbu funksiya haqida shikoyatidan soʻng koʻrib chiqishni boshladi. U mashinadagi oʻyinlarni “ehtiyotsiz beparvolik” deb atadi.

2021-yil iyun oyida Tesla kompaniyasi yangilangan Tesla Model S va Model X ni RDNA 2 grafik protsessorlari bilan jihozlashini maʼlum qilgandi. Ilon Maskning soʻzlariga koʻra, elektr transport vositalari PlayStation 5ʼning hisoblash quvvatiga ega boʻladi.

Noyabr oyida Mercedes-Benz AQShda haydovchilarni chalgʻitishi mumkin boʻlgan “axborot-koʻngilochar tizimlar” tufayli 227 ta avtomobilni “chaqirib oldi”.

Avvalroq Spot Tesla kompaniyasiga nisbatan tekshiruv boshlanishi haqida yozgan edi.