Ijtimoiy tarmoqlarda Habib Nurmagomedov nomidan soxta xabarlar tarqatilmoqda. Bu haqda IIV TQD Kiberxavfsizlik markazi matbuot xizmati xabar berdi.

Sportchining suratidan “musulmonlarga yordam dasturi"ni targ‘ib qilish uchun foydalanilgan. Firibgarlar foydalanuvchilarga 8,933 mln so‘mlik pullarni va’da qilmoqda.

Ichki ishlar vazirligi bunday xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini ta’kidladi. Fuqarolar virtual firibgarlardan ogoh bo‘lishga, shubhali ma’lumotlarga ishonmaslikka chaqirilmoqda.

So‘nggi vaqtlarda bu kabi holatlar juda ko‘p uchramoqda. Firibgarlar odalar ishonchiga kirib turli yo‘llar bilan bank kartalaridan pullarini o‘zlashtirishmoqda.

Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda Alisher Usmonov nomidan yangi feyk xabarlar tarqaldi. Foydalanuvchilarga o‘g‘irlangan pullarni qaytarish uchun milliarderning “dasturidan” foydalanish taklif qilingan.

Qoraqalpog‘istonda yashovchi fuqaro Toshkentda yashovchi fuqaroning bank karta ma’lumotlarini qo‘lga kiritib, 50 mln so‘m pullarini o‘zlashtirgani ma’lum bo‘ldi.