Uzbekistan Airways Moskvaga qoʻshimcha aviaqatnovlarni yoʻlga qoʻymoqda

Uzbekistan Airways 2022-yil 6-fevraldan boshlab Moskvaga Toshkent, Nukus, Urganch va Termiz shaharlaridan qoʻshimcha qatnovlarni yoʻlga qoʻyadi.

  • Toshkent — Moskva — Toshkent yoʻnalishidagi aviaqatnovlar haftasiga uch marotaba — yakshanba, dushanba va payshanba kunlari,
  • Nukus — Moskva — Nukus yoʻnalishidagi qatnovlar esa yakshanba, Urganch — Moskva — Urganch payshanba kuni,
  • Termiz — Moskva — Termiz yoʻnalishida parvozlar dushanba kunlari amalga oshiriladi.

Aviachiptalarni aviakompaniyaning rasmiy saytidan, Uzbekistan Airways Sales filialidan yoki aviakompaniya agentlaridan xarid qilish mumkin.

Avvalroq Spot Uzbekistan Airways Sochiga muntazam qatnovlarni tiklaganligi haqida yozgan edi.