“Cotton campain” tomonidan o’zbek paxtasiga qo’yilgan boykot ko’p yillik munozaralar va harakatlar natijasida bekor qilinmoqda.

Fratelli Casa hamda Uzbextile tekstil plaformasi hamasoschisi Shoxrux Qayumov Facebookdagi sahifasida boykotning olinishi tekstil sohasiga qanday yengilliklar berishi haqida o’z fikri bilan bo’lishdi.

Boykotning bekor qilinishi O’zbekistonga nima beradi?

  1. Jahon bozorida hurmatning oshishi
  2. 300 dan ortiq brendlar O’zbekistondan buyurtma qilishlari mumkin
  3. GSP+ hamda bojxona imtiyozlari evaziga Yevropaga eksport qilishimiz yanada foydaliroq bo’ladi.
  4. Yevropaliklar uchun Hindistonga qaraganda O’zbekistondan buyurtma berish qulayroq.Bitta 40 futlik konteynerning logistika uchun narxi $7000 ni tashkil etadi.
  5. Amerikaga nisbatan eksport miqdori bir necha barobar oshadi. 2021-yil statistikasi bo’yicha O’zbekiston MDH davlatlariga 58%, Sharqiy Osiyo mintaqasiga 22%, Yevropaga 15%, Janubiy va Shimoliy Amerikaga bor yo’g’i 2% miqdorda eksport qilgan.
  6. Xalqaro brendlar buyurtma uchun o’z dizaynerlari bilan tashrif buyuradilar, bu esa mahalliy tarmoq vakillari uchun yangi bilim va tajriba makonining yaralishini anglatadi.
  7. Buyurtma qiluvchilar o’z istaklari xohishlari, standartlari bo’yicha talab qo’yadilar, bu esa bizda ham Yevropa standartlarining shakllanishiga zamin yaratadi.
  8. Ipak va boshqa matolar sifatining oshirilishi talab qilinadi, bunga mos ravishda labaratoriyalar soni oshirilib, tarmoq kengayishiga olib keladi.
  9. Tannarxni tushirish va ishlab chiqarish sifatini oshirish bo’yicha treninglar amalga oshiriladi. Ekspertlar uchun bu juda muhim.
  10. Tekstil sohasida ishlagan kishilar endi o’zlarining shaxsiy brendlarini yaratadilar. Xalqaro standart va talablarga mos ravishda ishlay boshlaydilar.

Umuman olganda sohada va sohaga aloqador tarmoqlarda kompleks o’zgarishlar bo’lishi kutilmoqda, deya fikr bildiradi tadbirkor.