Prezident 2022-yil 1-iyundan tadbirkorlar uchun soliq ma’murchiligi va tekshirishlar tizimi soddalashtirilishini e’lon qildi.
Mol-mulk soligʻini hisoblash tizimi bozor tamoyillariga oʻtkazilganini inobatga olib, qoʻshimcha yuqori soliq stavkalarini qoʻllash tartibi bekor qilinadi.
Shuningdek, aylanmasi 1 milliard soʻmdan oshgan tadbirkorlarga qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlovchisi guvohnomasi dastlabki oʻrganishsiz, avtomatik tarzda beriladi.
Joriy yilda tadbirkorlarning faoliyatida oʻtkazilgan tekshiruvlar soni 1,7 barobarga oshib, 86 mingtani tashkil etdi. Bu tadbirkorlar tomonidan koʻplab e’tirozlarga sabab boʻlmoqda.
Shu sababli, tadbirkorlik faoliyatiga asossiz aralashuvlarni oldini olish uchun, endi 22 ta turdagi tekshiruv faqat Biznes-ombudsman ruxsati bilan amalga oshiriladi (hozirgi kunda 159 turdagi tekshiruvdan 119 tasiga ruxsat olinadi).
Bundan tashqari, yuqori xavf darajasi mavjud boʻlgan tadbirkorlarga qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlovchisi guvohnomasini toʻxtatib qoʻyishdan oldin xabardor etish tartibi joriy etiladi.