Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining oraliq yigʻilishi oʻtkazildi.

Regulyatorning matbuot xizmati xabar berishicha, unda asosiy stavkani 1% bandga pasaytirib, yillik 16% darajasida belgilash toʻgʻrisida qaror qabul qilindi.

Joriy yilning aprel oyi oxirlarida Markaziy bank asosiy stavkani yillik 17% darajasida oʻzgarishsiz qoldirish toʻgʻrisida qaror qabul qilgandi.