Microsoft asoschisi Bill Geyts an’anaviy tarzda barchaga o’zi o’qiydigan kitoblari haqida so’zlab beradi. GatesNotes saytida milliarderning navbatdagi tavsiya etilgan to’plami paydo bo’ldi.
Tadbirkorning o’zi kitoblar haqida quyidagicha fikr bildiradi:

“Yozgi dam olish paytida o’qishga mo’ljallangan kitoblar „og'ir“ bo’lishiga qaramay, ularni ro’yxatga kirgizdim. Bunda siyosiy qutblilik, gender notenglik, iqlim o’zgarishi va hayot hech qachon yoshlar o‘ylagandek ketmasligi haqidagi achchiq haqiqat haqida kitoblar bor”.

Bill Geytsning fikricha, keltirilgan kitoblarning hech biri qiyin emas (sahifasini hisobga olmaganda). Barcha maulliflar muammoli mavzularni dolzarbligini aks ettirishga harakat qilishgan.


The Power by Naomi Alderman (Kuch)

To‘ng‘ich qizimning maslahatiga amal qilib, ushbu romanni o‘qiganimdan xursandman. Asarda muallif bitta g’oyani mohirlik bilan ishlatadi — agar dunyodagi barcha ayollar gender rollari va gender tengligini o’rganish maqsadida
to’satdan halokatli elektr razryadlarini chiqarish quvvatiga ega bo’lsalar nima yuz berishi mumkin?

“Kuch"ni o’qish menga bugungi kunda ko’plab ayollar duch keladigan haqorat va adolatsizlikni yaxshiroq tushunishga yordam berdi. Men Amerika Qo’shma Shtatlarida va butun dunyoda ushbu masalalar ustida ishlayotgan odamlarga o’z minnatdorchiligimni bildiraman.


Why We’re Polarized by Ezra Klein (Nega biz qutblashtirilganmiz)

Umuman olganda men kelajakka optimistik tarzda qarayman, lekin bu tuyg’uni biroz susaytiradigan narsa Amerikada qutblanish kuchayib borayotgani, ayniqsa siyosiy sohada. Ushbu ta’sir doirasi chuqur kitobda Klein bu bo’linishning sababi o’ziga xoslik (identity) ekanligini ishonchli tarzda ta’kidlaydi. Inson instinkti bizning jamoaviy o’ziga xoslik asosidagi qarorlarimizni boshqarishga imkon beradi.

Bu kitob asosan Amerika siyosati haqida, lekin u inson psixologiyasiga ham boshqa tomondan qarashga yordam beradi.


The Lincoln Highway by Amor Towles (Linkoln shossesi)

2019-yilda men Toulesning “Moskvadagi Jentlmen” romanini yozgi o‘qishlar ro‘yxatiga kiritgan edim, ammo bu davom menga yanada ko‘proq yoqdi. 1954-yilda bo’lib o’tgan voqea, ikki aka-uka onalarini topish uchun Nebraskadan Kaliforniyaga borishga harakat qilmoqdalar, ammo o’smirlik davri hamda katta akasining o’tmishi ularning rejalarini izdan chiqarib yuboradi.

Toules mashhur qahramonning sayohatlaridan ilhomlangan va bizning shaxsiy sayohatimiz hech qachon biz xohlaganchalik bir tekis yoki oldindanma’lum bo’lmaydi degan fikrni bizga yetkazmoqchi bo’lgan va buning uddasidan chiqa olgan.


The Ministry for the Future by Kim Stanley Robinson (Kelajak uchun vazirlik)

O’tgan yili iqlim o’zgarishi haqidagi kitobimni targ’ib qilganimda, bir nechta odamlar bu romanni o’qishim kerakligini aytishdi, chunki u men yozgan ko’plab masalalarni o’z ichiga oladi. Men bu kitobni o’qiganimdan xursandman, chunki u ajoyib.

Bu shunday chuqur kitobki, uni umumlashtirish qiyin. Robinson hayajonli g’oyalar, odamlar tomonidan egallab olingan qit’alar va o’nyilliklar tarixini ajoyib tasvirlab bera olgan.


How the World Really Works by Vaclav Smil (Dunyo qanday qurilgan)

Sevimli muallifimning yana bir shoh asari. Smilning boshqa kitoblaridan farqli ravishda, bu asar katta auditoriya uchun yozilgan va muallifning bilimlari haqida umumiy tushunchani aks ettirgan.


*Spot tahririyati murojaat etilgan taqdirda kitoblarni bepul elektron variantini taqdim etadi.