Davlat statistika qoʻmitasi Oʻzbekistonga 2022-yilning yanvar-may oylarida import qilingan ayrim turdagi oziq-ovqat mahsulotlari qiymatini eʼlon qildi.
Unga koʻra, bugʻdoy import qilingan mahsulotlar ichida eng koʻp ulushga ega boʻlib, uning qiymati — $328,3 mln.ni tashkil etmoqda.
Oziq-ovqat mahsulotlari importida yuqori ulushga ega boʻlgan mahsulotlari quyidagicha:
- Bugʻdoy — $328,3 mln;
- Shakarqamish — $153 mln;
- Margarin mahsulotlari — $137 mln;
- Qoramol goʻshti — $81,3 mln;
- Kartoshka — $51,6 mln;
- Oʻsimlik yogʻi — $59,8 mln;
- Bugʻdoy uni — $49 mln;
- Kakao va shokolad — $46 mln;
- Sut mahsulotlari — $31 mln;
- Bolalar uchun oziq-ovqat mahsulotlari — $28,6 mln;
- Banan — $23,7 mln;
- Choy — $19,8 mln;
- Parranda goʻshti — $19 mln;
- Makkajoʻxori — $17 mln;
- Kofe — $13 mln;
- Qandolat mahsulotlari — $10,6 mln.
Bundan avval qoʻmita 2022 yilning yanvar-aprel oylarida Oʻzbekistonga oziq-ovqat mahsulotlari importida yuqori ulushga ega boʻlgan hamkor davlatlar haqida maʼlum qilgandi.
Unga koʻra, roʻyxatda Qozogʻiston $430,3 mln bilan yetakchilik qilmoqda. Keyingi oʻrinlarda mos ravishda $284 mln va $128 mln.lik oziq-ovqat mahsulotlari bilan Rossiya hamda Braziliya bormoqda.