Piskent tumanida joylashgan “Guliston” dam olish maskani bino-inshootlari sotuvga qoʻyildi. Bu haqda E-auksion ma’lumotlarida keltirilgan.

Ushbu binolarga qo‘yilgan boshlang‘ich narx 12,4 mlrd so‘mdan boshlanadi va zakalat puli miqdori 623,2 mln so‘m deb belgilangan.

Yer uchastkasining umumiy maydoni 16 ga, bino va inshootlarniki esa 1549,8 kv metrni tashkil qiladi.

Hudud elektr energiyasi, suv bilan ta’minlangan, ammo gaz va kanalizatsiya tarmog’i mavjud emas.

Auksion 8-avgust kuni 10:00 da bo‘lib o‘tadi, arizalar shu kunning 9:00 ga qadar qabul qilinadi.

Ilgari “Spot” “Hanjin Navoi Complex” mehmonxonasi auksion savdosiga qoʻyilganligi haqda xabar bergandi.