“Hanjin Navoi Complex” mehmonxonasi auksion savdosiga qoʻyildi. Bu haqda E-auksion ma’lumotlarida keltirilgan.

Mehmonxona Navoiy viloyati, Karmana tumanida joylashgan boʻlib, 2011-yilda barpo etilgan.

7940 kv metr maydonga ega bino 51 ta xonadan iborat 58 oʻringa moʻljallangan va suv, elektr, gaz tarmoqlariga ega.

Boshlangʻich narx — 16,5 mlrd soʻm, zakalat puli miqdori esa 825 mln so‘mni tashkil etadi.

Auksion 25-iyul kuni 10:00 da bo‘lib o‘tadi, arizalar shu kunning 9:00 ga qadar qabul qilinadi.

Iyul oyining boshida “Tashkent City"da qurilayotgan binoning bir qismi auksionga qoʻyildi.

Qurilishi tugallanmagan bino 0,21 ga maydonda barpo qilinmoqda, uning umumiy maydoni 2148 kv metrni tashkil etadi.