O‘zbekistonda arxitektura akademiyasini ochish qanchaga tushadi va u qanchalik daromadli?
Arcus akademiyasi asoschisi Madina Qo‘chqorova Spot’ga arxitekturaga kirib kelishi, biznesni yo‘lga qo‘yish tajribasi, yo‘l qo‘ygan xatolari va O‘zbekistondagi soha muammolari haqida so‘zlab berdi.
Xorijdagi o‘zimiznikilar: Sevara To‘xtayevaning AQShdagi MBA ta’limi va Kaliforniyadagi karyera yo‘li
Sevara Spot’ga magistraturaga hujjat topshirish va $500 mingdan ortiq grant hamda stipendiya takliflarini qo‘lga kiritish tajribasi, Amerikadagi talabalik hayoti, shuningdek, xalqaro kompaniyada o‘z o‘rnini topish yo‘li haqida so‘zlab berdi.
“Nega yana ichimliklar?”: UzBev shakar miqdorini ko‘rsatuvchi yozuvlarni joriy etishni kechiktirishga chaqirdi
Uyushma tarkibida shakar bo‘lgan boshqa oziq-ovqat mahsulotlarini inobatga olmaydigan kamsituvchi yondashuvni tanqid qildi.
Haftaning asosiy yangiliklari
- Toshkentda bir sotix yerning o‘rtacha narxi 292 mln so‘mgacha pasaydi
Iyunda ko‘p qavatli uylardagi xonadonlar narxi birlamchi bozorda so‘mda 6,2%, dollarda 12% ga oshdi. Ikkilamchi bozorda esa narxlar mos ravishda 6,3% va 12,2% ga qimmatlashdi. - O‘zbekistonda skuterlarga bo‘lgan talab tufayli kuryerlarga qarshi reydlar ko‘paydi
Mototsikl, skuter va moped egalari hujjatlari yo‘qligi uchun emas, balki rasmiy talablarga rioya qilmagani uchun ko‘proq jarimaga tortilmoqda. - Latviyada o‘zbekistonliklarga viza berishni vaqtincha to‘xtatish taklif qilindi
Bunga sabab sifatida O‘zbekiston fuqarolari mamlakatga kelganidan ko‘p o‘tmay jinoyat sodir etgan bir necha holat, jumladan, voyaga yetmaganlarga qarshi jinoyatlar ko‘rsatilgan. - Yil oxirigacha Farg‘ona NQIZ yuklamasi 40% dan 65% gacha yetkaziladi
Zavodda asosiy texnologik qurilmalar ta‘mirlangach, dizel yoqilg‘isi ishlab chiqarish 30%, bitum 60% va aviakerosin ishlab chiqarish 5 barobarga oshdi. - Isitish mavsumida gazlashmagan hududlarda elektr bo‘yicha bazaviy me’yor 350 kVt·soatga oshiriladi
Elektr va gaz bo‘yicha kompensatsiya muddati 2028-yil 1-aprelgacha uzaytiriladi. Bu orqali yiliga 470 ming oila qamrab olinadi. - O‘zbekiston va Turkmaniston Oliy darajadagi strategik sheriklik kengashini tuzadi
Shavkat Mirziyoyev va Serdar Berdimuhamedov bu bo‘yicha bitim imzoladi. - Mirziyoyev Markaziy Osiyodagi muhim minerallar zaxiralarining yagona raqamli xaritasini yaratishni taklif qildi
Shuningdek, o‘zaro bog‘langan milliy ma’lumotlar markazlari asosida umumiy hisoblash infratuzilmasini yaratish tashabbusi bildirildi. - AQSh, Koreya va Xitoy kompaniyalari UzAuto Motors’ni xususiylashtirishga qiziqish bildirdi
DABA rahbari avtomobil ishlab chiqaruvchisi ochiq xalqaro savdolar orqali xususiylashtirilishini ta’kidladi. - 1-noyabrdan o‘zbekistonliklarning Misrga kirish talablari kuchaytiriladi
Fuqarolar Misrga borishdan oldin viza olishlari, yoshga oid cheklovlar va moliyaviy talablarga amal qilishlari kerak. - Raqobat qo‘mitasi kredit bo‘yicha ortiqcha to‘lovlar tartibini qayta ko‘rib chiqishni taklif etdi
Ayrim banklarda oylik to‘lovdan ortiqcha tushgan mablag‘lar asosiy qarzni kamaytirishga yo‘naltirilmasdan, ularga foiz hisoblanishi davom etmoqda. - Erkinjon Turdimov Ta‘lim va ilm-fan vaziri etib tayinlandi
Turdimov bosh vazirning birinchi o‘rinbosari lavozimida ham faoliyat olib boradi. U 2025-yildan buyon Sirdaryo viloyati hokimi lavozimida ishlab kelayotgan edi. - Uzum Market ikki kunlik uzilishlardan so‘ng ish faoliyatini to‘liq tikladi
Marketpleys oktabr oyi oxirigacha sotuvchilarga bepul logistika va saqlash xizmatini taqdim etadi, xaridorlarga esa promokodlar yuboradi. - O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari sentabrda $5,5 mlrd ga kamayib, $67 mlrd dan pasaydi
Zaxiralardagi oltin qiymati bir oyda $4,83 mlrd ga, valyuta qismi esa $702,8 mln ga qisqardi. - O‘zbekistonda o‘simlik yog‘i uchun markirovka joriy etish taklif etildi
Agar u qabul qilinsa, 2027-yil iyul oyidan boshlab kungaboqar, paxta, raps, palma va boshqa moylar uchun majburiy bo‘ladi. - O‘zbekistonda Yandex Go ishlashida uzilishlar kuzatilmoqda
Foydalanuvchilar ilova uzoq yuklanayotgani, manzil kiritishdagi xatoliklar, mashinalar ko‘rinmayotgani hamda GPS va navigatsiyadagi nosozliklar haqida xabar berishdi.


