5−7 oktabr kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tgan “Kiberxavfsizlik sammiti — Markaziy Yevroosiyo 2026” doirasida Turan Security mutaxassislari Blue Team, Red Team va The AI Underworld yo‘nalishlarida birinchi o‘rinni egalladi.

Musobaqalarda axborot tizimlarini himoya qiluvchi, hujumchi nuqtayi nazaridan sinovlar o‘tkazuvchi, sun’iy intellekt bilan bog‘liq topshiriqlarni yechuvchi va real tizimlardagi zaifliklarni izlovchi mutaxassislar ishtirok etdi. Natija mahalliy mutaxassislarning xalqaro darajadagi salohiyatini tasdiqlaydi.

Sammitda Turan Security stendida audit, axborot infratuzilmasini himoya qilish, zaifliklarni aniqlash, 24/7 SOC, Bug Bounty va Threat Intelligence xizmatlari taqdim etildi. Threat Intelligence mahsuloti tashkilotlarning Dark Web’dagi ma’lumotlarini hamda soxta akkaunt, sayt va kanallarni aniqlashga yordam beradi, bu esa bugungi kunda har bir tashkilot uchun dolzarb.

Kompaniya vakillarining ta’kidlashicha, real xavfsizlik tahdidlar haqida gapirishdan emas, balki ularni aniqlash, oldini olish va oqibatlarini kamaytirishdan iborat. Mahalliy texnologiyalar va mutaxassislarni rivojlantirish raqamli iqtisodiyot uchun strategik ahamiyatga ega.

reklama, turan security

Turan Security — kiberxavfsizlik xizmatlari, SOC, Bug Bounty va Threat Intelligence xizmatlarini taqdim etuvchi kiberxavfsizlik kompaniyasi.

Reklama huquqlari asosida.