Davlat statistika qoʻmitasi hududlardagi markaziy dehqon bozorlarida kuzatuv oʻtkazgan.

2022-yil 27-iyul holatiga koʻra, oziq-ovqat mahsulotlari narxi quyidagicha:

  • suyakli mol goʻshti (1 kg) — 49 500 — 77 000 soʻm;
  • qoʻy goʻshti (1 kg) — 55 000 — 90 000 soʻm;
  • kartoshka (1 kg) — 2000 — 6000 soʻm;
  • piyoz (1 kg) — 2000 — 8500 soʻm;
  • sabzi (1 kg) — 1000 — 6000 soʻm;
  • tuxum (10 dona) — 7000 — 15 000 soʻm;
  • guruch (1 kg) — 5000 — 25 000 soʻm;
  • oʻsimlik yogʻi (1 l) — 15 600 — 30 000 soʻm;
  • shakar (1 kg) — 11 000 — 18 000 soʻm.

Bunda dehqon bozorlari hududidagi oziq-ovqat mahsulotlari narxlari hisobga olingan. Supermarket, minimarket, doʻkonlardagi narxlar inobatga olinmagan.

Avvalroq Markaziy bank yil oxirigacha “nisbatan qattiq” pul-kredit siyosatini saqlab qolishi haqida yozgan edi.