“Yandex” Parij va Londonda ochilgan ekspress-yetkazib berish xizmatlarini yopdi, deb ma’lum qildi “Forbes”.

Avvalroq kompaniya o‘zining Britaniyadagi biznesiga raqobatchilar va investorlar tomonidan qiziqish haqida gapirgan edi. Ammo xaridor topilmadi.

“Yandex” vakilining ta’kidlashicha, endi kompaniya Yevropada yetkazib berishni boshqarish texnologiyalarini sotadi va buning uchun yangi “Yango Deli Tech” bo‘limini ochadi.

Kompaniyaning Yevropa bozoridan ketishi mumkinligi 2022-yilning mart oyida maʼlum boʻlgan edi.

Fransiya bo‘linmasining yopilishi va Buyuk Britaniyadagi biznesini sotishni rejalashtirgani haqida “Bloomberg” o‘z manbalarga tayanib yozgandi.

Keyin “Yandex.Lavka” vakili “Forbes” nashriga kompaniya Parijdagi faoliyatini to‘xtatayotganini tasdiqladi.


Avvalroq “Spot” “Yandex Music"da neyromusiqa paydo bo‘lgani haqida yozgandi. Tizim ritmik tarzda sozlangan.