Markaziy bankning 2022-yil 12-avgust holati bo‘yicha bergan ma’lumotlarida dollarning so‘mga nisbatan qiymati 10922 (+17,74) so‘mni tashkil qilmoqda.

Narxlar 9-avgustda belgilangan 10 875 so‘m ko‘rsatkichdan buyon hafta davomida uch marotaba ko‘tarilib, qariyb 50 so‘mga qimmatladi.

12-avgust kuni barcha banklarda sotish kursi 10 975 so‘mni tashkil etmoqda.

Sotib olish narxi esa 10 920 so‘mdan 10 955 so‘mgacha belgilandi.

Eng maqbul xarid kursini “Asia Alliance Bank”, “Agrobank”, “Xalq banki”, “Poytaxt Bank”, “Garant Bank"taklif qilmoqda.


“Spot” avvalroq Markaziy bank tomonidan 13 ta bankda qoidabuzarlik holatlari aniqlangani haqida yozgandi.