O‘zbekistondagi 13 ta bankda qoidabuzarlik holatlari aniqlandi. Bu haqda Markaziy bank xabar bermoqda.

Joriy yilning may-iyun oylarida 15 ta tijorat bankining Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Jizzax, Sirdaryo va Xorazm viloyatlari, Toshkent shahri va Qoraqalpog‘istonda joylashgan 74 ta muassasasida nazorat o‘tkazildi.

Unga ko‘ra, “Ipoteka-bank”, “Agrobank”, “Mikrokreditbank”, “Xalq banki”, “Turonbank”, “Trastbank”, “Kapitalbank”, “Milliy bank”, “Hamkorbank”, “Asaka bank”, “Universalbank”, “Davrbank” va “Ipak yo‘li” bankida iste’molchilar huquqlarining buzilishi aniqlandi.

Qoida buzarliklar kredit va omonat xizmatlari haqida ma’lumotlar, kredit va muddatli omonatlarning asosiy shartlari to‘g‘risidagi axborot varaqalari taqdim etilmaganligida kuzatilgan.

Shuningdek, bank kartalari egalariga ayrim moliyaviy operatsiyalar o‘tkazishda imkon yaratib berilmagan.

Mazkur banklarning 101 nafar xodimiga nisbatan qonunchilikka muvofiq intizomiy jazo choralari qo‘llanildi.


Avvalroq “Spot” O‘zbekistongi banklar olti oyda 47,2 trln so‘m sof foyda ko‘rgani haqida xabar bergandi.