“Uzbekistan Airways” HY-201 Toshkent-London reysi haqida rasmiy xabar bilan chiqdi.

Unga ko‘ra, 28-avgust kuni Toshkent-London yo‘nalishidagi HY-201 aviaqatnovida yo‘lovchilar yuklari o‘z manziliga yetkazilmagan.

Bunga sabab Airbus 320neo havo kemasining cheklangan tijorat yuklanishi deya ta’kidlanmoqda.

Bortga yuklanmagan yuklarning umumiy soni 119 o‘rinni tashkil etadi, og‘irligi esa 2210 kg.

Yo‘lovchilarining yuklari Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida joylashgan bo‘lib, 30-avgust kuni HY-201 reysi bilan Londonga yetkazilishi ma’lum qilindi.

Shuningdek, yuk barcha yo‘lovchilarga yetkazib berish xizmati tomonidan ko‘rsatilgan manzilga bepul yetkazib beriladi.

HY-201 aviaqatnovi yo‘lovchilari qo‘shimcha ma’lumot olish uchun aviakompaniyaning Londondagi vakolatxonasi 02070342090 raqami yoki havola orqali murojaat qilishlari mumkin.

Kompaniya keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘ramoqda.


Avvalroq Toshkent xalqaro aeroportida 400 avtomobilga mo‘ljallangan turargoh ishga tushirilishi haqida xabar berilgandi.