2-oktabr soat 17:00 da “FrontSpot Uzbekistan” oflayn uchrashuvi bo‘lib o‘tadi, xabar berdi “IT Park” matbuot xizmati.

Tadbir quyidagi mavzularda o‘tkaziladi:

  1. Full Stack dasturchisini qanday aniqlash mumkin — Said Axmed Agitayev, Senior Software Engineer.
  2. Qanday qilib loyiha menejeri bo‘lish mumkin — Nodira Abidova, Project Manager.
  3. Murakkab qismlarga munosabat bildiring — Sho-Aziz Shorahimov, Software Engineer.

Uchrashuv Toshkentdagi Amity universitetida ingliz tilida boʻlib oʻtadi.

Unda ishtirok etish bepul bo‘lib, buning uchun havola orqali roʻyxatdan oʻtish kerak.


Avvalroq “Spot” Uzcard fintech loyihalari rahbari Otabek Aliasqarov Startap Meetup o‘tkazishi haqida yozgandi.