28-sentabr kuni Toshkentda “SalamPay” sobiq ijrochi direktori, hozirda “Uzcard” fintech loyihalari rahbari Otabek Aliasqarov Startap Meetup o‘tkazadi. Bu haqda “IT Park” matbuot xizmati xabar bermoqda.

Uchrashuv qatnashish bepul bo‘lib, rus tilida olib boriladi.

Spiker fintech loyihasini ishga tushirish hamda startaplarni xalqaro bozorga chiqarish bo‘yicha tavsiyalar beradi.

Shuningdek, ishtirokchilar fintech loyihalarini boshlashda qanday xatolarga yo‘l qo‘ymaslik kerakligi va bozordagi o‘zgarishlarga qanday munosabatda bo‘lishni o‘rganishlari mumkin.

Uchrashuvda ishtirok etish uchun 27-sentabrgacha havola orqali roʻyxatdan oʻtish kerak.

Spiker haqida

Otabek Aliasqarov bank va fintech sohasida 13 yillik, IT va marketing sohasida 3 yillik tajribaga ega.

U “Muna Media” (banklar, toʻlov tizimlari va boshqalar bilan hamkorlik qilish boʻyicha xalqaro marketing agentligi) hammuassisi,

Shuningdek, tadbirkor “Taqsim” kompaniyasining strategik rivojlanish boʻyicha maslahatchisi va mentori hisoblanadi.


Avvalroq “Spot” IT-sohasini boshlash va tanlovda adashmaslik mavzusida ma’ruza bo‘lib o‘tishi haqida yozgandi.