“IT Park” rezidentlari “2022-yilda IT-sohasini nimadan boshlash va tanlovda adashmaslik” mavzusida ma’ruza o‘tkazadi.

Dasturlash sohasida 10 yillik tajribaga ega mutaxassis, “Tehnikum” maktabi IT-bo‘limi boshlig‘i Yuriy Kagramanyan ma’ruzani olib boradi.

Ma’ruzada quyidagilar haqida ma’lumot beriladi:

  • dasturchilik sohasini nimadan boshlash kerak;
  • boshlang‘ich dasturchi qancha pul topishi mumkin;
  • nima uchun IT-kasblarini hozirdanoq o‘rganish kerak.

Kirish bepul. Buning uchun 23-sentabrgacha havola orqali ro‘yxatdan o‘tish kerak bo‘ladi.

Ma’ruza “Tehnikum” aktual kasblar maktabida bo‘lib o‘tadi.


Avvalroq “Spot” “IT Park” kompyuter savodxonligi bo‘yicha dasturga murabbiylar izlayotgani haqida yozgandi. Nomzodlar grafik dizayn sohasida bilimga ega bo‘lishi kerak.