Avvalroq “IT-Park” “Skills4Girls” loyihasini ishga tushirishini e’lon qilgandi.

Hozir kompaniya “UNICEF” bilan birgalikda ishga tushirilgan ushbu dasturga murabbiylar izlamoqda, xabar beradi “IT-Park” matbuot xizmati.

Talabgorlar kompyuter savodxonligi va grafik dizayn sohasidan boxabar bo‘lishi kerak.

Dastur O‘zbekistonning 4 ta hududi, jumladan, Qoraqalpog‘iston, Qashqadaryo, Termiz va Toshkent shahri uchun mo‘ljallangan.

Loyihada qatnashishi mumkin bo‘lgan qizlarning yosh chegarasi — 12−18 yosh.

Murabbiylar tahsil olayotgan qizlarga yo‘l-yo‘riq ko‘rsatishga va rag‘batlantirishga yordam berish maqsadida jalb qilinmoqda.

Shuningdek, loyihada imkoniyati cheklangan qizlar ham ishtirok etishi mumkin.

Nomzodlar havola orqali ro‘yxatdan o‘tishlari kerak.


Avvalroq Qozog‘istonning Nur-Sulton shahrida “Digital Bridge” xalqaro texnologiya forumi o‘tkazilishi xabar berilgandi.

Forum doirasida mukofot jamg‘armasi $18 ming bo‘lgan “Astana Hub Battle” texnologik startap loyihalar tanlovi o‘tkaziladi.

Tanlov shartlari va batafsil ma’lumotlarni bu yerdan olish mumkin.