“ITPark” “UNICEF” bilan hamkorlikda “Skills4Girls” loyihasini ishga tushirmoqda.

Loyiha raqamli savodxonlik va grafik dizayn bo‘yicha keng qamrovli o‘quv dasturi hisoblanadi.

Unda Qoraqalpog‘iston, Qashqadaryo, Surxondaryo va Toshkentdan 12−18 yoshgacha bo‘lgan barcha qizlar qatnashishlari mumkin.

“Skills4Girls"ning asosiy maqsadi qizlarni IT sohasida boshlang‘ich ko‘nikmalarga o‘rgatish bo‘lib, ularga kelajakda ishga joylashish yoki frilanser bo‘lib ishlash imkoniyatini berishdir. Dastur ishtirokchilariga mentorlik yordami ham berildi.

Loyihada ishtirok etish bepul. Arizalar 15-iyulga qadar qabul qilinadi.

Havola orqali ro‘yhatdan o‘tish mumkin. Batafsil ma’lumot bu yerda.

Ilgari “Spot” neft va gaz sohasida ta’lim klasteri tashkil etilgani haqida xabar bergandi.

Neft va gaz sohasida ta’lim, ilm-fan va ishlab chiqarishning o‘zaro integratsiyasini ta’minlash ta’lim klasterining asosiy yo‘nalishlaridan hisoblanadi.

2022/2023 o‘quv yilidan mazkur soha bo‘yicha tahsil olayotgan iqtidorli o‘quvchilar, hamda talabalar uchun ishlab chiqarish korxonalarining stipendiyalari joriy etiladi.