Katta rejalar tuzish vaqti keldi. 2023-yil oxirida poytaxtning sharqiy qismida 35 000 kvadrat metrdan ortiq maydonga ega bo‘lgan yangi qurilish savdo markazini ochish rejalashtirilgan. Bitta qulay joyda, uch qavatli bino o‘zida, qurilish materiallari, santexnika, elektronika, “komfort” va “premium” sinfli uylar uchun aksessuarlar do‘konlarini birlashtiradi. “RABAD"da yirik mahalliy va xalqaro brendlarning mahsulotlari taqdim etiladi. Bu assortiment ko‘chmas mulkni professional ravishda qurish taʼmirlash va tartibga solish bilan shug‘ullanadigan yoki uni o‘zlari uchun qiladiganlarga mo‘ljallangan.

reklama

Loyihaning o‘ziga xosligi shundaki, har bir xaridor bitta taklif doirasida marketing, yuridik, buxgalteriya va logistik ko‘makni olishi mumkin.

RABAD qurilish savdo markazi haqida

“RABAD” ning asosiy maqsadi nima ekanligi ko‘pchilikka qiziq. “Samarqand Darvoza” savdo markazi, “Orient Finans Bank” loyihalari muallifi va “Golden House” ko‘pgina loyihalarining yaratuvchisi Lyubov Safronovaning (Design House studiyasi) oldiga O‘zbekiston uchun noyob loyihani yaratish vazifasi qo‘yilgan edi. Savdo markazining zamonaviy konseptini mamlakatimiz hayotiga uyg‘unlashtirish taklif etildi. Bundan ko‘zlangan maqsad esa ilg‘or loyihalarni yaratish va yangi qirralarni ochishni nafaqat shoping, savdo markazlari sohasida, balki qurilish, bezatish va obodonlashtirish segmentida ham amalga oshirish mumkinligini ko‘rsatish edi.

Savdo markazimiz konsepsiyasini ishlab chiqishdan oldin biz uzoq vaqt davomida qurilish bozorlari klassik modelining isteʼmol tajribasini o‘rganib chiqdik. Ko‘pincha bozor xaridor uchun maʼlum maʼnoda ruhiy zo‘riqishdir, chunki butun hudud bo‘ylab aylanib, kerakli narsani qidirishga ko‘p vaqtni yo‘qotishga to‘g‘ri keladi. Va siz kutilgan natijaga erishishingiz gumon. Qolaversa, bu yerda shoping uchun qator noqulayliklar paydo bo‘ladi: to‘xtash joylari muammosi, qishda sovuq va yozda issiq bo‘lishi, navigatsiyalarning yo‘qligi, takrorlanuvchi va bir xil brendlar.

Bizning qurilish savdo markazimizda ijarachi va do‘kon egalari uchun ham, mijozlar uchun ham barcha qulayliklar yaratilgan. Biz savdo markazida katta yuk liftlarini, baland va keng omborlarni, transport kelish joyi va tunu-kun ishlaydigan videokuzatuvning o‘rnatilishini taʼminladik. Bunda marketing tomondan qo‘llab-quvvatlash, kategoriyalarni to‘g‘ri taqsimlanishi va “qo‘shni” brendlar joylashuviga ham alohida eʼtibor qaratildi. Loyihalashda barchasi inobatga olingan: “bloklar orasidan „choksiz“ o‘tish joylari”, shoping vaqtida kiyimlarni garderobda, bolalarni esa o‘yingoh yoki fudkortda qoldirish imkoniyati, maslahatchi bilan xaridni rasmiylashtirish sharoiti yaratilgan. Biz mahsulotlarni kategoriyalar bo‘yicha qatʼiy bo‘linishi va tovar “qo‘shnichiligi” nuqtai nazaridan har bir kategoriyada to‘liq to‘ldirilishini taʼminlaydigan yechimlarni taklif etamiz", — deydi sotuvlar bo‘limi rahbari Dilshod Muratov.

reklama

Bino maydoni — 1,3 gektar, hududning umumiy maydoni esa — 2,6 gektar. Savdo markazida balandligi 4 metr bo‘lgan 350 ta xona bo‘ladi. Har bir xonaning devori va shifti tayyor holatga keltirilgan, poli keramogranitdan terilgan, shisha eshiklar o‘rnatilgan hamda havo aylanish, yong‘inni o‘chirish va xavfsizlik markazlashtirilgan tizimlari o‘tkazilgan. “RABAD” hududida 700 yoki undan ortiq avtomobil uchun to‘xtash joyi ko‘zda tutilgan. Do‘kon egalariga qulaylik yaratish uchun savdo markazi tashkillashtirilgan kirish yo‘llariga ega omborxonalar bilan jihozlangan.

reklama

“Do‘kon xarid qilib yoki ijaraga olib, sizda marketing yordamidan foydalanish, onlayn savdo platformasiga kirish imkoniyati paydo bo‘ladi, u yerda yetkazib berish va logistika xizmatlari ham ko‘zda tutilgan. Bundan tashqari, biz do‘kon egalariga ijtimoiy tarmoqlarda axboriy yordamni taqdim etamiz”, — taʼkidlab o‘tdi Dilshod Muratov.

Tadbirkor o‘z do‘konini qurilish mollari bilan to‘ldirish uchun shaharning maʼlum nuqtalariga borishi kerak bo‘lmaydi. Omborlar savdo markazi hududida joylashadi va tadbirkor ularga kechayu kunduz kirish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Yana bir afzallik — bu turli transport vositalari uchun qulay kirish yo‘li.

reklama

Hududning ichki va tashqi bezaklari sifati hamda isteʼmolchi va sotuvchiga Yevropa darajasidagi xizmat ko‘rsatish loyihaning asosiy maqsadi hisoblanadi. Obyekt bo‘lajak egalari ko‘p vaqt va resurslarini ketkazmasliklari va kelgan mijozlar taʼmirlash ishlari ortiqcha asabbuzarlik degan fikrga kelmasliklari uchun maxsus loyihalashtirilgan. Bitta qulay joyda taʼmirlash, pardozlash va bezash ishlari uchun zarur bo‘lgan barcha mahsulotlarni sotib olishingiz va bolalar maydonchasiga ega bo‘lgan fudkortda tanovul qilib olishingiz mumkin bo‘ladi.

reklama

Ichki muhitning ko‘rinishi

“RABAD"ni loyihalashtirishda qulayliklarda xaridni amalga oshirish imkonini beradigan barcha mayda jihatlarga eʼtibor qaratildi: markaziy havo aylanish o‘rnatilgan koridorlarda yoz va qishda qulay harorat, umumiy zona va savdo markazi bloklarini birlashtiradigan o‘tish joylardagi dam olish va ovqatlanish “nuqtalari”, har xil qavatlardagi namozxonalar, qahvaxonalar, bolalar maydonachasiga ega katta fudkort, garderoblar, vending avtomatlar va bank bo‘linmalari bo‘ladi. Savdo markazidagi pollar ekologik toza material — keramogranitdan yasalgan. Bularning barchasidan maqsad — biznes mulkdorlari va tashrif buyuruvchilar uchun qulaylik yaratish.

reklama

“RABAD — katta rejalarni qurayotganlar uchun”.


Muvaffaqiyatli biznes investitsiyadan boshlanadi. 30 dekabrga qadar maxsus yangi yil taklifi doirasida “RABAD"dan qulay shartlarda joylar xarid qilish mumkin. Har bir do‘konni sotib olayotganda har kvadrat metr uchun 3 mln so‘mlik chegirma mavjud.

Batafsil maʼlumotn uchun telefon: (+998) 78−113−06−31.

Qurilish markazi manzili: Yashnobod tumani, Yangi O‘zbekiston ko‘chasi.
Mo‘ljal: “Yangi O‘zbekiston” parki.

Savdo bo‘limi manzili: Yashnobod tumani, Parkent ko‘chasi, 170.

Sayt: rabad.uz
Instagram: @rabad_uz
Facebook: fb.com/rabaduz

Reklama huquqlari asosida.