AQSh transport departamenti milliarder Ilon Maskga tegishli “Neuralink” kompaniyasini tekshirishni boshladi, deya xabar bermoqda “CNBC” nashri.

Ma’lumotlarga ko‘ra, tergov odamlar uchun xavfli patogenlar bilan zararlangan bo‘lishi mumkin bo‘lgan uskunalarni noto‘g‘ri qadoqlash va tashish ayblovlari bilan bog‘liq.

Hayvonlarni himoya qilish guruhi, Mas’uliyatli Tibbiyot bo‘yicha shifokorlar qo’mitasi (PCRM) o‘tgan hafta ayblov e’lon qildi.

Gap 2019-yilda primatlarning miyasidan olib tashlangan qurilmalarning noto‘g‘ri ishlashi haqida ketmoqda.

Shikoyatga ko‘ra, ularda gerpes B virusi va antibiotiklarga chidamli patogenlar, shu jumladan stafilokok va Klebsiella bo‘lishi mumkin.

Transport vazirligi “CNBC” nashriga qoidalarga rioya qilish va ishchilar va aholining jamoat xavfsizligini ta’minlash uchun standart tekshiruv boshlaganini va buni standart amaliyot deb aytdi.

2022-yil fevral oyida “PCRM” “Neuralink” haqida “USDA"ga shikoyat qilib, uni hayvonlarning farovonligi haqidagi qonunni buzganlikda aybladi.

Dekabr oyi boshida “Reuters” manbalari kompaniyaga nisbatan federal tekshiruv o‘tkazilgani haqida xabar bergandi.

“Neuralink” falaj bo‘lgan odamning bosh suyagiga o‘rnatilishi mumkin bo‘lgan miya chipini ishlab chiqmoqda, shunda ular boshqalar bilan fikrlash kuchidan foydalanib muloqot qila oladi.

Chip elektrodlarga o‘rnatilgan mayda simlarga ega bo‘lib, ular miya faoliyatini nazorat qiladi va miyani elektr rag‘batlantirishga qaratilgan.

2022-yil dekabrida Ilon Mask agar kerak bo‘lsa, farzandlaridan biriga miya chipini joylashtirishga, qurilma tayyor bo‘lgach, milliarder chipni o‘ziga joylashtirishga tayyorligini ma’lum qildi.


Avvalroq “Spot” Ilon Mask shaxsiy boyligini yo‘qotish bo‘yicha jahon rekordini yangilab, “Ginnessning rekordlari kitobi"ga kirgani haqida yozgandi. 2022-yilda uning boyligi $200 mlrdga kamaygan.