“Meta” “Facebook” va “Instagram” uchun oylik toʻlanadigan “Meta Verified” obunasini ishga tushiradi, bu foydalanuvchilarga tasdiqlash belgisini olish imkonini beradi, deya xabar bermoqda “Reuters” nashri.

Sinovdan oʻtkazilayotgan xizmatni kompaniya shu hafta Avstraliya va Yangi Zelandiyada ishga tushiriladi. Keyinchalik obuna boshqa mamlakatlarda paydo boʻladi.

Instagram va Facebook uchun obuna paketi, shuningdek, qoʻshimcha taqlid qilishdan himoya qilishni oʻz ichiga oladi va saytda xarid qilinganda oyiga $11.99 yoki “Apple” iOS va Android’da oyiga $14.99 dan boshlanadi.

Kompaniya bu foydalanuvchilarga oʻz hisoblarini davlat identifikatori bilan tasdiqlash va koʻk nishonni olish imkonini berib, u kontent yaratuvchilarning oʻsishi va rivojlanishiga yordam beradi, deb kutmoqda.

“Meta"ning obuna xizmatlariga kirishi oʻtgan oy “Twitter"ning “Blue” obunasini oyiga $11ga tushishini e’lon qilgandan keyin sodir boʻldi.

“Twitter” birinchi marta yangi obunani iOS’da 9-noyabrda boshlagandi. Biroq, platformada tasdiqlangan soxta akkauntlar soni ko‘payganidan bir necha kun o‘tgach, mazkur obuna uchun ro‘yxatdan o‘tish to‘xtatildi.

Keyinchalik Ilon Mask pullik obuna 29-noyabr kuni qaytadan ishga tushirilishini e’lon qilib, foydalanuvchilarga bu yakuniy sana ekanligini aytgandi.

Dekabrda “Twitter” “Blue” obunasi 12-dekabr kuni yangilangan shaklda qayta ishga tushirilishi haqida ma’lum qildi.


Avvalroq “Spot” “Facebook” va “Instagram” Donald Trampning akkauntlarini blokdan chiqarishga qaror qilgani haqida yozgandi.