8 mart — xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan o‘zbekistonlik xotin-qizlarni mukofotlash to‘g‘risida prezident farmoni qabul qilindi.
Ular qatorida tadbirkorlar, rahbar ayollar ham turli mukofotlar bilan taqdirlandi.
Quyida taqdirlanganlar ro‘yxati:
“Mehnat shuhrati” ordeni bilan
- Mamatkulova Aysara Berdikulovna — Sardoba tumanidagi “Nurafshon dala sari” fermer xo‘jaligi boshlig‘i;
- Rajabova Marhabo Muxammadiyevna — Qorako‘l tumanidagi “Xosiyatli Qorako‘l nuri” MCHJ ta’sischisi;
- Rasulova Muqaddam Mansurjonovna — Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi huzuridagi Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish respublika markazi direktori;
- Xaitova Ayjomal Nazirovna — Oltinsoy tumanidagi “Tuyaqush tillolari” oilaviy korxonasi rahbari;
- Xojametova Zamira Jumabayevna — Qo‘ng‘irot tumanidagi “Kungrad agro-solodko system” MCHJ rahbari.
“Do‘stlik” ordeni bilan
- Djurakulova Saodat Eshqobilovna — Boysun tumani hokimining o‘rinbosari — oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i;
- Kayumova Maxfuza Abdinabiyevna — Paxtachi tumanidagi “Paxtachi agro hamkor tomorqa xizmati” MCHJ rahbari;
- Nasridinova Shoxida Taufikovna — Mirzo Ulug‘bek tumanidagi “Milk Foods Trade” MCHJ bosh direktori;
- Yuldasheva Mavluda Melikovna — Shahrisabz shahridagi “Ipak yo‘li” MFYni raisi.
II darajali “Sog‘lom avlod uchun” ordeni bilan
- Dadaboyeva Manzuraxon — Andijon tumanidagi 10-ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim maktab-internati direktori;
- Mirzayeva Mehriniso Latipovna — G‘ijduvon tumanidagi “Marjona E’zoza” nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbari.
“Sog‘lom turmush” medali bilan
- Erkayeva Shoira Bahramovna — Qamashi tumanidagi “Mironshoh va Ibrohimjon” MCHJ rahbari.
“Kelajak bunyodkori” medali bilan
- Aytmuratova Sarbinaz Yelmurat qizi — Nukus shahridagi Yoshlar texnoparkining innovatsion loyihalarni jalb qilish va saralashni tashkil etish bo‘limi boshlig‘i;
- Mannopova Fotima Said qizi — Toshkent shahridagi “Techno time academy” robototexnika maktabi direktori.
“Shuhrat” medali bilan
- Ziyatova Maxmuda Mamatqulovna — Sharof Rashidov tumanidagi “Maxmuda Zarina Zarifa” mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori;
- Muxutova Lola Muhammadovna — Olot tumanidagi “Olot kashtado‘zlari” MCHJ rahbari;
- Usmonova Gulnora Xoshimjonovna — Bag‘dod tumanidagi “Gulnora Matqulobod bodomlari” ishlab chiqarish kooperatsiyasi rahbari;
- Xaliyarova Xabiba Alekseyevna — G‘uzor tumanidagi “Mohigul Mohlaroyim jilosi” MCHJ rahbari;
- Sherova Zulfiya Maxmudovna — Sho‘rchi tumanidagi “Sho‘rchi Aziz agrofirma” MCHJ rahbari.