Mablag‘ behuda turmay, foyda keltirishi uchun uni qayerda va qanday saqlash kerakligi haqida o‘ylayotganlar uchun NBU masalaning iqtisodiy jihatdan samarali yechimini taklif etamoqda. NBU taklif etayotgan barqaror valyuta — AQSh dollaridagi “Imkoniyat 2.0” omonat turi nafaqat pullarni qadrsizlanishidan saqlaydi, balki jamgʻarmalar yiliga 7% foyda keltirishini ham taʼminlaydi.

Omonat qanday rasmiylashtiriladi

Omonatlarni bank filiallaridan birida yoki onlayn tarzda Milliy mobil ilovasi orqali qulay usulda ochish mumkin. Milliy mobil ilovasi orqali ochilgan omonat nafaqat vaqtni tejaydi, balki maksimal foyda olish imkoniyatini ham beradi.

Omonat shartlari

“Imkoniyat 2.0” omonat turidan tashqari, NBU yana ikki turdagi yangi valyuta omonatlarni taqdim etadi:

  1. “Imkoniyat 1.0”.
  2. “Universal”.

Mablagʻlarni xavfsiz va samarali saqlabgina qolmay, ulardan foyda olish istagida boʻlganlar qulay omonat turini tanlab, barqaror valyuta — AQSh dollaridagi omonatlardan birini rasmiylashtirishlari mumkin.

“Imkoniyat 2.0” — maksimal foiz stavkasiga ega omonat turidir. Shartlari:

  • Milliy ilovasida ochilganda — yillik 7%;
  • bank filiallarida ochilganda — yillik 6,75% gacha;
  • omonat muddati — 18 oygacha;
  • minimal badal — $100;
  • foiz toʻlovi — har oy.

Omonatni faol boʻlgan davr mobaynida naqd pul yoki naqdsiz shaklda to‘ldirish mumkin. Qo‘shimcha badallar qanchalik ko‘p bo‘lsa, oyma-oy olinadigan foizlar ham shunchalik ko‘p bo‘ladi.

Qabul qilish muddati:

  • “Imkoniyat 2.0” va “Imkoniyat 1.0” omonatlari uchun — 31-maygacha;
  • “Universal” omonati uchun — 31-iyulgacha davom etadi.

Batafsil ma’lumotni bank saytida yoki 1344 va (+998) 78−148−00−10 telefon raqamlari orqali olish mumkin.

Reklama huquqlari asosida.