“Spot” auditor, “Yaran Consulting” buxgalterlik kompaniyasi hammuassisi Yevgeniya Son bilan birgalikda biznesni ro‘yxatdan o‘tkazish va yuritish bo‘yicha maqolalar ketma-ketligini davom ettiradi.
Avvalroq quyidagilar ko‘rib chiqilgandi:
- O‘zbekistonda biznesni qanday ro‘yxatdan o‘tkazish mumkin? Yetti bosqich;
- Qaysi biri yaxshiroq: YATT, MChJ yoki o‘z-o‘zini band qilish? Farqlar, afzalliklar va kamchiliklar;
- O‘zbekistonda yakka tartibdagi tadbirkor qanday soliqlarni to‘laydi? To‘liq qo‘llanma;
- Qo‘llanma: kompaniyaning boshlang‘ich kapitalini qanday hisoblash kerak?
Mazkur maqolada Yevgeniya tadbirkorlar tannarxni hisoblashda asosan qanday xatolarga yo‘l qo‘yishlari haqida so‘zlab berdi.
Yevgeniya Son,
auditor, “Yaran Consulting” buxgalterlik kompaniyasi hammuassisi.
Tannarx hisobi nega kerak?
Tannarx kompaniya asosiy moliyaviy ko‘rsatkichlaridan biridir. Bu tovar yoki xizmat ishlab chiqarishning yig‘indisi hisoblanadi.
Umuman, rahbarga tannarx hisobi nima uchun kerak?
- Baholash uchun. Mahsulot yoki xizmat narxini belgilash uchun kompaniyalar bozordagi boshqa sotuvchilarning narxlariga, xaridor uchun qiymat va tannarxga asoslanadi;
- Moliyaviy natijani hisoblash uchun. Kompaniyani foyda yoki zararda ekanligini hisoblash uchun uning qancha daromad olgani va qancha sarflagani haqida tushuncha kerak;
- Rejalashtirish uchun. Ishlab chiqarish va sotish hajmini rejalashtirayotganda, kompaniya qancha daromad olishi, ishga tushirish uchun qancha pul jalb qilish kerakligini tushunish zarur.
Ko‘pgina tadbirkorlar, ayniqsa yangi boshlovchilar, tannarxni hisoblashda beshta asosiy xatoga yo‘l qo‘yishadi.
1. Shaxsiy xarajatlarni hisobga olmang
Bu korxona rahbari va egasi bir shaxs bo‘lgan taqdirda odatiy holdir. Bunday vaziyatda, shaxsiy va biznes xarajatlari o‘rtasidagi chegara yo‘qolib ketadi.
Masalan, rahbar xomashyoni yetkazib beruvchining omboridan olib kelgan, avtomobil amortizatsiyasi va benzin xarajatlarini hisoblab chiqmagan va o‘rnini to‘ldirmagan. Bunday yetkazib berishning bozor qiymati 150 ming so‘mni tashkil etadi.
Xarajatlar obyektiv bo‘lishi, barcha chiqimlarni qoplashi va foyda keltirishi uchun tannarxiga kiritilishi kerak.
2. Barcha xarajatlar hisobini yuritmaslik
Ko‘pgina rahbarlar barcha raqamlarni yodida saqlashlarini ta’kidlashadi va shu sabab eslatmalarni yozib borishmaydi.
Lekin bunday emas: xarajatlarning bir qismi unutiladi, taxminan hisoblanadi yoki hisob-kitoblarda umuman hisobga olinmaydi ham.
Ehtimol, hammada shunday bo‘lgan: do‘kondan oziq-ovqat sotib olayotganda xarajatlarning umumiy miqdori kassada hisoblanganidan kamroq bo‘lishi haqida o‘ylaysiz.
3. Tannarxga faqat bevosita chiqimlar qo‘shilishi
Ko‘pincha tannarxga mahsulot yoki xizmatni ishlab chiqarish bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan xarajatlar kiritiladi. Va ishlab chiqarishdan tashqari xarajatlar hisobga olinmaydi.
Masalan, yon daftar ishlab chiqarish uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri qog‘oz, xatcho‘p tasmasi va yelim uchun xarajatlar bo‘ladi. Ishlab chiqarishdan tashqari xarajatlarga esa yon daftarlar reklamasi, direktor va hisobchining ish haqi kiradi.
Agar faqat to‘g‘ridan-to‘g‘ri xarajatlar hisobga olinsa, mahsulot tannarxi juda past ekanligi va shunga mos ravishda narxlar bo‘yicha raqobatlashish, minimal marjada sotish mumkinligi haqidagi illyuziya hosil bo‘ladi.
4. Ishlab chiqarishdan tashqari xarajatlarning noto‘g‘ri taqsimlanishi
Agar sizda bir nechta turdagi mahsulot yoki xizmatlar mavjud bo‘lsa, siz ishlab chiqarishdan tashqari xarajatlarni obyektiv ravishda taqsimlashingiz kerak, ya’ni taqsimlash bazasini topish zarur.
Ishlab chiqarish xarajatlarini taqsimlash uchun asos soatlar soni, xom ashyo narxi, mahsulot og‘irligi — barcha turdagi mahsulotlar yoki xizmatlarga nisbatan obyektiv bo‘ladigan narsalar bo‘lishi mumkin.
Masalan, yon daftar ishlab chiqarish uchun xarajatlarni taqsimlashga asos bo‘lib har bir yon daftarning varaqlar soni yoki og‘irligi, xom ashyoning tannarxi xizmat qilishi mumkin.
5. Bir marta hisoblang va unuting
Tannarxni hisoblash doimiy jarayondir: texnologiyalar, xom ashyo, xodimlarning tajriba darajasi o‘zgarib bormoqda, assortiment va biznes jarayonlarini tushunishingiz kengaymoqda.
Obyektivroq bo‘lish, yangicha qarash uchun vaqti-vaqti bilan “noldan” hisob-kitoblarni amalga oshiring.