“Telegram” — O‘zbekistondagi asosiy messenjerlardan biri. Mamlakatdagi internet foydalanuvchilarining 80%dan ortig‘i u orqali muloqot qiladi, bu 30,6 mlnga yaqin foydalanuvchini tashkil etadi. O‘zbekiston aholisining har kuni “Telegram"da ko‘p vaqt o‘tkazayotgani bois reklamaga talab ancha yuqori.

Messenjerda reklamaning ikki turi mavjud — rasmiy (Telegram Ads) va kanal integratsiyasi.

Rasmiy reklama 2021-yilning oktabr oyi oxirida paydo bo‘ldi — bu 1000 dan ortiq obunachisi bo‘lgan ommaviy kanallarda ko‘rsatiladigan qisqa xabar (160 belgigacha). Reklama beruvchilar o‘z reklamalari ko‘rsatiladigan kanallarning tili va taxminiy mazmunini tanlashlari mumkin.

Shu bilan birga, reklama kampaniyasini boshlash uchun minimal budjet 2 mln yevroni tashkil etadi, shundan 1 mln yevro, agar reklama beruvchi oxirgi 12 oy ichida 10 mln yevro sarflamasa, qaytarilmaydigan depozit hisoblanadi.

Misliko‘rilmagan miqdorga qaramay, O‘zbekiston kompaniyalari ushbu reklama vositasidan foydalanishadi. Ko‘pincha bu kirish chegarasini sezilarli darajada kamaytirish maqsadida vositachilarning yordami bilan amalga oshiriladi.

Shu bilan bir qatorda, messenjerda targ‘ibot qilishning yana bir usuli mavjud (bu “Telegram Ads"dan ancha oldin paydo bo‘lgan) — “Telegram"-kanallaridagi reklama integratsiyasi.

Ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda 123 mingdan ortiq shunday kanallar mavjud. Va bu ko‘rsatkich bo‘yicha mamlakat ikkinchi (Rossiyadan keyingi) o‘rinda turadi. Va barcha “Telegram” kanallarining umumiy auditoriyasi 740 mlnga yaqin foydalanuvchiga ega.

“Spot” “We Digital” kommunikatsiya agentligi, “Tanish Bilish” kreativ agentligi va “Venkon Communications” reklama agentligi vakillari bilan “Telegram"-kanallarida reklama integratsiyasi: ular oxirgi vaqtlarda qanday o‘zgargani, qaysi kanallarda joylashtirish narxi eng yuqori (jadvallar maqola oxirida keltirilgan) va yaqin kelajakda qanday o‘zgarishlar kutilayotgani haqida suhbatlashdi.


Eng qimmati — yangiliklar va mualliflik kanallari

“Tanish bilish” kreativ agentligi egasi, “Troll.uz” loyihasi muallifi Umid Gafurovning so‘zlariga ko‘ra, kompaniyalar “Telegram"dagi reklama budjetini har yili oshirib boradi.

“Agentligimiz tajribasidan kelib chiqib aytish mumkinki, kompaniyalar “Telegram"dagi reklama budjetlarini o‘rtacha 20%ga oshirgan. Reklamaning taqdim etilishi unchalik o‘zgarmadi. Maqsadlar bir necha yillardan beri bir xil: qamrov, trafik (veb-sayt, ilova, Telegram-bot yoki kanalga) va lid/anketalar generatsiyasi”, — deydi Gafurov.

“We Digital” vakillarining so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekistonda axborot va yumoristik kanallar, shuningdek, ta’lim, biznes va sportga oid kanallar eng ommabop hisoblanadi.

“Ushbu yo‘nalishlarda raqobat yuqori va auditoriyani jalb qilish uchun siz o‘ziga xos va yuqori sifatli kontentni taklif qilish zarur. Shu bilan birga, hali ham kontentga ega bo‘lmagan ba’zi yo‘nalishlar yoki sohalar mavjud. Masalan, sayohat va turizm, texnologiya va innovatsiyalar. Ammo, bizning fikrimizcha, eng bo‘sh joy — bu ta’limga oid kontent”, — deydi “We Digital”.

Misol tarzida shu yo‘nalishda rivojlanib borayotganlarni, jumladan “Kunduziy”, “Teacher A’zam” va “Texnoplov"larni keltirishmoqda.

Eng qimmat integratsiya yangiliklar va mualliflik kanallariga to‘g‘ri keladi. Buning sabablari turlicha bo‘lishi mumkin, ma’lumot beradi “We Digital” agentligi.

Narxlar ko‘plab omillarga qarab o‘zgaradi: mavzular, obunachilar soni va sifati, auditoriya qamrovi va jalb etilishi, nashrlarning chastotasi va formati, kanal yoki blogning avtoriteti, mavzuning mavsumiyligi va dolzarbligi hamda boshqalar.

Narxga nima ta’sir qiladi?

Gafurovning so‘zlariga ko‘ra, auditoriyasi 100 minggacha obunachisi bo‘lgan tematik kanallarda reklama 2 mln so‘mga yaqin, 500 minggacha obunachiga esa 5 mln so‘m atrofida turadi. Mualliflik kanallari va rasmiy ommaviy axborot vositalarida narxlar auditoriyaning soniga qarab har bir post uchun 1 mlndan 10 mlngacha o‘zgarib turadi.

“Agar narx/qamrov prinsipi bo‘yicha hisoblansa, bloger va inflyuenserlar kanallarida reklama eng qimmat hisoblanadi. Keyingi o‘rinda rasmiy media-kanallar joylashadi. Masalan, bugungi kunda eng qimmat reklama rasmiy „Kun.uz“ kanalida — 10 mln so‘mdan boshlab kuniga o‘rtacha 450 ming foydalanuvchini qamrab oladi”, — deydi Umid Gafurov.

“Venkon Communications” asoschisi Humoyun Aminovning qayd etishicha, “Telegram"-kanallar “shaxsiy blog” formatida eng qimmat integratsiyaga ega.

“Agar obunachilar soni va reklama uchun miqdorni foiz nisbatida solishtirsa, shaxsiy bloglarda (mavzu muhim emas) narx ko‘rsatkichi sezilarli darajada yuqori bo‘ladi”, — deydi u.

“We Digital” vakillarining fikricha, narxga turli omillar ta’sir qiladi. Ularni ikki guruhga bo‘lish mumkin — tashqi va ichki:

  • tashqisi bozor va reklama talabi bilan belgilanadi: raqobat, talab, mavsumiylik, reklamaning dolzarbligi;

  • ichki omillar bloger yoki kanalga bog‘liq va quyidagi ko‘rsatkichlar bilan belgilanadi: mavzu, auditoriyani qamrab olish va jalb qilish, nashrlarning chastotasi va formati, reklama uchun sarflangan muallif vaqti, kanal yoki blogning avtoriteti.

“Birinchi navbatda, narxga kanal egalarining o‘ziga xosligi, taqdim etish sifati, mavzusi va subyektiv ishtahasi ta’sir qiladi. Mualliflik kanallarida, yuqoridagilarga qo‘shimcha ravishda, auditoriyaning „sifati“ ham ta’sir qiladi. Odatda reklama beruvchilar faqat obunachilar soni va ko‘rishlar sonidagi raqamlarni ko‘radi va narxlar nega bunchalik farq qilishini tushunmaydi”, — deydi “Troll.uz” muallifi.

“We Digital” ma’lumotlariga ko‘ra, “Telegram"-kanallarda joylashtirish miqdori 50 ming so‘mdan boshlanib, 15 mln so‘mgacha yetishi mumkin.

“Biz hali ham nashr miqdoridan qat’i nazar, maqsadli auditoriya o‘tiradigan kanallarga joylashtirilishni maslahat beramiz”, — deydi “We Digital” kompaniyasining influence & media bo‘limi rahbari Sherzod Ahmedov.

“Tanish Bilish” agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, “Telegram"dagi reklama integratsiyalarining umumiy bozori $8−9 mlndan oshadi.

“Telegram"dagi reklamaning jozibadorligi, Gafurovning so‘zlariga ko‘ra, birinchi navbatda, narx bilan bog‘liq.

“Har bir ko‘rish/harakatning o‘rtacha narxi boshqa ijtimoiy tarmoqlarga qaraganda ancha past. “Instagram” yoki “Facebook"dagi maqsadli reklamalardan farqli o‘laroq, “Telegram” reklamalari ancha organik ko‘rinadi. Bundan tashqari, nashrlarning qamrovi doimo o‘zgarib turadigan turli xil algoritmlarga bog‘liq emas”, — deydi u.

“Nakrutka”

"Telegram"da obunachilarni ham, sharhlarni ham, hatto ko‘rishlarni ham ko‘tarish mumkin.

“Agar kanalda 7 ming obunachi bo‘lsa va ko‘rishlar soni kuniga zo‘rg‘a 50 ga yetayotgan bo‘lsa, unda bu kanalda “nakrutka” bor deb taxmin qilish mumkin. Bundan tashqari, endi hatto ko‘rinishlar sonini ham ko‘paytirish oson bo‘lib qoldi “, — deya ogohlantiradi Aminov.

Biroq, mutaxassislar bunday usullarga murojaat qilmaslikni maslahat berishadi.

“Buni ishlatmaslik kerak, chunki bu samarasiz va “Telegram"da reklama qilish uchun xavfli”, deydi “We Digital” kompaniyasining influence-menejeri Tamara Badalyan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, obunachilar soni sun’iy ko‘paytirilganini tushunishning bir necha yo‘li mavjud:

  • ma’lum bir kanalda nashr etishdan oldin auditoriyani o‘rganish, odamlarning nashrlarga qanday munosabatda bo‘lishini, kanalda faollik bor-yo‘qligini tushunish kerak;
  • “nakrutka"ga, shuningdek, qamrov va obunachilar o‘rtasidagi tafovut, turli xil qarashlarni aks ettiruvchi sharhlarning yo‘qligi ham ko‘rsatishi mumkin;
  • e’lonlarni joylashtirishda siz o‘tishlarni kuzatish uchun maxsus havolalardan foydalanishingiz kerak, shunda auditoriyaning qaysi qismi havola orqali o‘tishi va mahsulotga qiziqishini, reklama maqsadli auditoriyaga tushishi va kanalda faollik mavjudligini bilib olishingiz mumkin.

“Ha, ba’zi kanallar hali ham ko‘rishlar va/yoki obunachilar sonini “nakrutka” qilmoqda. Doimiy monitoring bunday kanallarni aniqlashga va ular bilan ishlashni to‘xtatishga yordam beradi. Bunday kanallarning maqsadi aniq — “nakrutka” qilish va reklamani yuqori narxda sotish. Afsuski, ba’zi reklama beruvchilar tajribasizligi uchun bunday xatoga yo‘l qo‘yishadi”, — deya qo‘shimcha qiladi Umid Gafurov.

Prognozlar

“Telegram"dagi reklama bozori dinamik va rivojlanayotgan bozor bo‘lib, u doimo o‘zgarib turadi, ehtiyoj va takliflarga moslashadi.

“Aniq va bir ma’noli prognoz berish qiyin, lekin bizning fikrimizcha, mualliflik kontenti ko‘proq talabga ega bo‘ladi, chunki odamlar qalqib chiquvchi reklamalarni emas, balki odamlarni tinglaydi. Ishonchimiz komilki, reklamaga bo‘lgan talab kamaymaydi, aksincha oshadi”, — deydi Ahmedov.

Mutaxassislarning fikricha, reklama beruvchilar tomonidan kreativ reklamaga bo‘lgan talab oshadi va bu reklama natijalari, ehtimol, hamma KPI bo‘yicha ishlaydi.

Ularning prognozlariga ko‘ra, tez orada o‘ziga xos kontentga ega bo‘lgan OAV va mualliflik kanallari paydo bo‘ladi, bu esa reklama narxiga ta’sir qiladi.

Humoyun Aminov bir paytlar platforma “qisqa o‘sish"ga ega bo‘lishi bashorat qilinganini eslab, biroq “Telegram"-kanallarining rivojlanishi va ularda joylashtirishni sotib olgan kompaniyalar soni buning aksini ko‘rsatganini aytib o‘tdi.

Uning taxminlariga ko‘ra, reklama bozori rivojlanishda davom etadi: blogerlar, kanallar, mavzular soni faqat ko‘payadi hamda raqobat va reklama narxi oshadi.

Eng qimmat “Telegram"-kanallar reytingi

“Spot” agentliklardan messenjerning o‘zbek tili segmentidagi eng qimmat “Telegram"-kanallari reytingini aniqlashni so‘radi. “Tanish Bilish” ma’lumotlariga ko‘ra, o‘zbek tilidagi top-5 kanal:

Nomi
Kategoriya
Obunachilari soni
Qamrov
Narxi
Kun.uz
yangiliklar
1 256 000
320 000
10 000 000
Troll.uz
mualliflik
97 000
45 000
8 000 000
Xushnudbek
mualliflik
503 000
150 000
4 500 000
Qalampir
yangiliklar
231 000
63 000
4 144 000
Repost.uz
yangiliklar
100 000
32 000
3 600 000

“We Digital” agentligi narxlar keltirilmagan reytingni taqdim etdi, chunki har xil omillar (soliqlar, agentlik xizmatlari va boshqalar) narxga ta’sir qilishi mumkin. Ikki agentlikning reytinglari bir necha punktlardan tashqari deyarli bir xil.

Xususan, o‘zbek tilidagi top-5 kanal:

Nomi
Kategoriyasi
Obunachilari soni
Qamrov
Kun.uz
yangiliklar
1 274 622
380 000
Daryo
yangiliklar
575 087
124 602
Xushnudbek.uz
mualliflik
497 907
187 757
Qalampir.uz
yangiliklar
232 141
73 479
davletovuz
mualliflik
63 987
36 633