Banklardagi ipoteka kreditlari. 2023-yil avgust oyi bo‘yicha.

Mavjud 34 ta bankdan 13 tasida ipoteka krediti rasmiylashtirish mumkin bo‘lib, o‘rtacha foiz stavkasi 25%ni tashkil qiladi.

hafta yakuni, week summary, yangiliklar


Mirzo Zominiy ryukzagida nima bor?

Spot yangi loyihani yo‘lga qo‘ymoqda. Unda tadbirkorlar va top-menejerlar ish faoliyatini qanday qurollarsiz tasavvur qila olmasliklari haqida so‘zlab berishadi.

hafta yakuni, week summary, yangiliklar


AQShning Radcliffe instituti tadqiqot dasturiga arizalar qabul qilmoqda

Bir yillik dastur ishtirokchilariga loyiha xarajatlarini qoplash uchun $78 ming miqdorida stipendiya ajratiladi.

hafta yakuni, week summary, yangiliklar


Kambag‘allikni qisqartirish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yangi topshiriqlar berildi

“Spot” videoselektor yig‘ilishda qayd etilgan muhim masala va topshiriqlarni bir joyga jamladi.

hafta yakuni, week summary, yangiliklar


Haftaning asosiy yangiliklari

  1. “HUMO” va “UZCARD” to‘lov tashkilotlarining integratsiyalashuvi yakunlandi.
    Endi O‘zbekiston hududidagi barcha bankomatlar orqali mazkur kartalardan tranzaksiyalarni amalga oshirish va naqd pul yechib olish mumkin.
  2. iPhone 15 yanada kengroq ekranga ega bo‘lishi kutilmoqda — “Bloomberg”.
    Shuningdek, mazkur modelda ilk bor odatiy Lightning tuynugi o‘rnida Android smartfonlariniki kabi USB Type-C porti paydo bo‘ladi.
  3. Kambag‘allikka tushish xavfi bo‘lgan aholi daromadlarini oshirish rejalashtirilmoqda.
    Bunga jon boshiga oylik daromadi $50 dan oshmaydigan 5 mln aholi qatlamini, shu jumladan, 3 mln yoshlarning mehnat qobiliyatini ishga solish orqali erishish belgilanmoqda.
  4. Qoraqalpog‘istonda arzon, Toshkentda qimmat — hududlarda uy-joy narxlari qanday?
    Bir yil ichida poyaxtda birlamchi bozorda uylar narxi o‘rtacha 44%ga, ikkilamchi bozorda esa o‘rtacha 33%ga qimmatlashgan.
  5. Toshkentda xalqaro IT biznes-forumi bo‘lib o‘tadi.
    Unda ishtirok etish bepul boʻlib, oldindan roʻyxatdan oʻtish talab qilinadi.
  6. Xitoy o‘smirlarga kuniga ikki soatdan ortiq internetda vaqt o‘tkazishni taqiqlashi mumkin.
    Bunda 16 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan foydalanuvchilar kuniga ikki soatdan ortiq mobil qurilmalardan foydalanishi cheklanadi, undan kichiklar esa soat 22:00 dan ertalabki 6:00 gacha internetga kira olmaydi.
  7. O‘zbekistonda rossiyalik sayyohlar uchun ijaraga beriladigan uy-joylar narxi keskin oshdi.
    Shu bilan birga, ularning O‘zbekiston va Qozog‘istonga sayohat qilish talabi ham sezilarli darajada ortgan.
  8. Toshkentda to‘lov kompaniyasi fuqarolar plastik kartasidan 12 mlrd so‘m o‘g‘irlaganligi aytilmoqda.
    Ayni paytda bu bo‘yicha tergov olib borilayotgani ma’lum qilindi. Avvalroq Freedom Payments kompaniyasi ofisiga niqob taqqan shaxslar kirgani va xodimlarni hibsga olgani haqida xabar tarqalgandi.
  9. “UzAuto Motors” “Cobalt”, “Lacetti” hamda “Damas” avtomobillari uchun sotuv limiti tugaganini ma’lum qildi.
    Ikki kun ichida mazkur avtomobillar uchun 50 mingdan ortiq shartnoma imzolangan.
  10. Raqobat qo‘mitasi Zoodpay ustidan ish qo‘zg‘adi.
    Kompaniya ta’sischisi Orientswiss Tashkentning ustav fondini monopoliyaga qarshi organning oldindan roziligisiz BAA kompaniyasiga sotish bo‘yicha bitim tuzgan.