Garvard universiteti qoshidagi Radcliffe instituti tadqiqot dasturiga arizalar qabul qilmoqda.

Unda butun dunyodan nomzodlar xususan, olimlar, yozuvchilar, izlanuvchilar va jamoat faollari ishtirok etishlari mumkin.

Ariza beruvchilar individual yoki guruh sifatida bitta loyiha asosida ariza jo‘natishlari mumkin.

Radcliffe stipendiya dasturi har yili 50 ta eng yaxshi nomzodni qabul qiladi. Muvofiqlik bo‘yicha ko‘rsatmalar hamda ariza materiallari bilan bu yerda tanishish mumkin.

Dastur 2024-yilning sentabridan 2025-yilning may oyigacha davom etadi.

Qabul qilingan ishtirokchilarga loyiha xarajatlarini qoplash uchun $78 ming va qo‘shimcha $5 ming miqdorida stipendiya ajratiladi

Shuningdek, transport, turar joy, sug‘urta va boshqa xarajatlar ham qoplab beriladi.

Nomzodlardan arizalarni qabul qilishni oxirgi muddati yo‘nalishlarga qarab quyidagicha farq qiladi:

  • Gumanitar, ijtimoiy fanlar va ijodiy san’at yo‘nalishlari bo‘yicha arizalarni jo‘natishning oxirgi muddati — 14-sentabr.
  • Fan, muhandislik va matematika bo‘yicha arizalarni jo‘natishning oxirgi muddati — 5-oktabr.

Ariza bilan birga o‘quv rejasi, loyiha taklifi, ish namunasi va tavsiyanoma beruvchilarning aloqa ma’lumotlarini ham ilova qilish kerak.

Stipendiya dasturi tafsilotlari bilan bu yerda tanishish mumkin.

Barcha hujjatlarni onlayn portal orqali jo‘natish kerak. Batafsil ma’lumot bu yerda.


Avvalroq Yaponiya universiteti MEXT stipendiya dasturiga arizalar qabul qilinayotgani haqida xabar berilgandi.