Yaponiyaning Osiyo Tinch okeani universiteti MEXT hukumat stipendiya dasturiga arizalar qabul qilmoqda.

Unda barcha mamlakatlardan bakalavr, magistratura hamda PhD darajalari uchun nomzodlar hujjat topshirishlari mumkin.

Stipendiya dasturi uchun ariza beruvchilar avvalo APUga murojaat qilishlari kerak. Undan keyin APU stipendiya tashkilotiga tavsiya etish uchun munosib nomzodlarni tanlaydi.

Muvofiqlik talablari:

  • Yaponiyada o‘qish istagidagi xorijliklar;
  • MEXT tomonidan belgilangan mamlakat fuqarosi bo‘lish (bu ro‘yxatda O‘zbekiston ham bor);
  • 1989-yil 2-apreldan keyin tug‘ilgan bo‘lishi;
  • eng so‘nggi ta’lim bosqichida 3,00 shkalasi bo‘yicha GPA kamida 2,30 bo‘lishi.

Qabul qilingan talabalar 100% o‘qish to‘lovidan ozod etilib, yashash xarajatlari uchun oyiga 144 ming yen ($1000) stipendiya bilan ta’minlanadi. Bu summa o‘zgarishi mumkin

Dasturning boshida va oxirida o‘z mamlakati va APU o‘rtasidagi aviaqatnovlar xarajati qoplab beriladi.

Tavsiya etilgan nomzodlar APU arizasining yakuniy natijalari bo‘yicha xabardor qilinadi. Tanlangan nomzodlar qo‘shimcha MEXT ariza hujjatlarini to‘ldirib, APU ga topshirishlari kerak.

Yakuniy stipendiya mukofoti natijalari MEXT tomonidan hal qilinadi.

Arizalarni joriy yilning 15-noyabrigacha jo‘natish mumkin. Batafsil ma’lumot bu yerda.


Avvalroq Turkiyada o‘tkaziladigan “Mandela Residential Fellowship” dasturiga arizalar qabul qilinayotgani haqida xabar berilgandi.