Turkiyada o‘tkaziladigan “Mandela Residential Fellowship” dasturiga arizalar qabul qilinmoqda.

Unda butun dunyodan 16−35 yosh oralig‘idagi talaba va yosh mutaxassislar ishtirok etish imkoniyatiga ega.

Dastur joriy yilning 14−20 oktabr kunlari Istanbulda o‘tkazilib, diplomatiya, xalqaro munosabatlar va global boshqaruv kabi sohalarni o‘rganishni istagan yoshlar ariza topshirishlari mumkin.

Unda diplomatiya, iqtisodiyot, atrof-muhit, inson huquqlari va boshqa sohalar bo‘yicha o‘quv seminarlari olib borilib, diplomatlar, siyosatchilar va ekspertlar bilan muloqotlar tashkil etiladi.

Loyihaga ikki xil toifa bo‘yicha ariza jo‘natish mumkin: to‘liq qoplanadigan va o‘z hisobidan moliyalashtiriladigan. Ikkita toifa bo‘yicha ham ariza jo‘natish — pullik.

Birinchi toifa ishtirokchilari to‘liq moliyalashtirilagan stipendiyani qo‘lga kiritadi.

Xususan, borish-qaytish aviachiptalari, turar joy hamda ovqatlanish xarajatlari va dastur bilan bog‘liq har qanday qo‘shimcha xarajatlar qoplab beriladi.

Ikkinchi toifa bo‘yicha dastur davomida u bilan bog‘liq xarajatlar ishtirokchining o‘z hisobidan amalga oshiriladi.

Bunga turar joy, ovqatlanish, shaharlararo transport va dastur faoliyati bilan bog‘liq har qanday qo‘shimcha xarajatlar kiradi.

Dastur 20 ta to‘liq moliyalashtirilagan hamda 15 ta o‘z-o‘zini moliyalashtiradigan joylar sonini taqdim etadi.

Ariza topshirish jarayoni bosqichma-bosqich amalga oshiriladi va har bir toifa bo‘yicha ariza jo‘natish manzillari farq qiladi.

Shuning uchun toifalar bilan to‘liq tanishib chiqish zarur. Arizalarni joriy yilning 5-avgustigacha jo‘natish mumkin.

Batafsil ma’lumot bu yerda.


Avvalroq “Apple” kompaniyasi amaliyot dasturiga arizalar qabul qilayotgani haqida xabar berilgandi.