“Google” Android qurilmalari uchun yangi funksiyani joriy etishni rejalashtirmoqda. Bu haqda insayder Mishal Rahmonga tayanib, “The Verge” nashri yozmoqda.

Buning yordamida foydalanuvchilar “Apple” ekotizimidagi kabi turli gadjetlarni bir-biriga bog‘lashlari mumkin bo‘ladi.

Unga ko‘ra, funksiya “Link Your Device” deb nomlanadi. Foydalanuvchilar uni Sozlamalar ro‘yxatidagi “Qurilmalar va almashish” bo‘limida topishlari mumkin.

Yangilik bitta “Google” hisobiga avtorizatsiya qilingan bir nechta qurilmalarni ulashni nazarda tutadi.

Qurilmalar ulangandan so‘ng ikkita variant mavjud bo‘ladi: qo‘ng‘iroqlarni almashtirish va Internetni almashish.

Qo‘ng‘iroqlarni almashtirish sizga qo‘ng‘iroq paytida qurilmalarni o‘zgartirish imkonini beradi.

Shunga o‘xshash variant “Apple” bilan allaqachon mavjud: qo‘ng‘iroqlarni Mac va iPad-larda bir xil “Apple ID"ga ulangan va iPhone bilan bir xil tarmoqda bo‘lgan holda amalga oshirish va qabul qilish mumkin.

Biroq, “Google” har qanday Android qurilmalari, shu jumladan telefonlar o‘rtasida almashishni ta’minlaydi.

“Internet almashish” ulanishi qurilmalar uchun Internetni taqsimlashni soddalashtiradi va bitta kirish nuqtasidan foydalanishga imkon beradi.

9-avgust kuni “Google” kompaniyasi “Google Docs” va “Google Drive"da elektron imzolarning ochiq beta-sinovi boshlanganini e’lon qildi.

Funksiya hujjatlarni imzolash jarayonini soddalashtirishi kerak. Elektron imzodan individual va guruh foydalanuvchilari foydalanishi mumkin bo‘ladi.