“Google” kompaniyasi “Google Workspace"da elektron imzoning ochiq beta-sinovini yo‘lga qo‘ymoqda, deya xabar berdi kompaniya blogida.

Yangi funksiya “Google Docs” va “Google Drive"da individual va guruh hisoblari uchun mavjud bo‘ladi.

“Ish jarayonini soddalashtirish uchun biz raqamli imzoni Google Docs-ga birlashtirdik. Bu to‘g‘ridan-to‘g‘ri Google Docs’da rasmiy shartnomalarga imzolarni so‘rash va qo‘shish imkonini beradi”, — deya ta’kidladi kompaniya.

2023-yilda “Google” hujjatlardagi imzolarni kuzatish, bir nechta imzolovchilar bilan ishlash, “Google Workspace"dan foydalanmayotgan odamlarga hujjatlarni jo‘natish va pdf formatida elektron imzoni qabul qilish imkoniyatlarini kuzatish xizmatlariga audit hisobotini qo‘shadi.

Keyingi 15 kun davomida kompaniya yangi funksiyani individual “Workspace” foydalanuvchilari bilan bepul sinovdan o‘tkazadi.

Testda qatnashish uchun “Workspace"dagi administratordan ishtirok etish uchun ariza berishni so‘rashingiz kerak.


Avvalroq “Spot” “Google” ham sun’iy intellektni o‘z xizmatlarida joriy qilishi haqida yozgandi.

Kompaniya o‘zining Google Docs, Gmail, Sheets va Slides kabi ish maydoni mahsulotlariga sun’iy intellekt funksiyalarini qo‘shadi.