Turkiyaning “Freebird Airlines” aviakompaniyasi Bodrumdan Samarqandga parvozlarni yo‘lga qo‘ymoqda. Bu haqda Samarqand xalqaro aeroporti matbuot xizmati xabar bermoqda.
Unga ko‘ra, charter aviaqatnovlar joriy yilning 7-sentabridan Bodrum-Samarqand-Bodrum yo‘nalishi bo‘yicha boshlanadi.
Parvozlar haftada bir marta — payshanba kunlari amalga oshirilib, Samarqandan soat 14:30 da (mahalliy vaqt bilan) uchib ketadi.
Aviachiptalarni aviakompaniyaning rasmiy saytidan xarid qilish mumkin.
“Freebird Airlines” aviakompaniyasi 2000-yilda tashkil etilgan. Hozir 10ta Airbus A320 samolyotlarida Yevropa va Yaqin Sharqqa parvozlarni amalga oshiradi.
Avvalroq “Silk Avia” kompaniyasi Issiqko‘lga muntazam charter reyslarni yo‘lga qo‘yishi haqida xabar berilgandi.
26-avgust kuni Toshkent-Issiqko‘l-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha birinchi parvoz amalga oshirilishi rejalashtirilgan.