29-avgust kuni Toshkentning uchta tumanidagi ayrim hududlarda elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi. Bu haqda “Hududiy elektr tarmoqlari” Toshkent shahar filiali matbuot xizmati xabar berdi.

Xususan, quyidagi hududlardagi iste’molchilarga elektr energiyasi vaqtincha yetkazib berilmaydi:

  • Bektemir tumani: “Nurliyo‘l” MFYning ayrim ko‘chalarida soat 09:00dan 17:00gacha;
  • Mirobod tumani: “At-Termiziy” MFYning ayrim ko‘chalarida soat 10:00dan 17:00gacha.
  • Yashnobod tumani: “Qalqon” MFYning ayrim ko‘chalarida soat 07:00dan 17:00gacha.

Mazkur hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkinligi qayd etilgan.

Joriy yilgi yoz mavsumida poytaxt elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlarning oldini olish, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish hamda sifatli va barqaror elektr energiyasi yetkazib berish maqsadida ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.

Avvalroq 28-avgust kuni Bektemir tumanining ayrim hududlarida elektr o‘chirilgandi.

Iyul oyida tabiiy gaz va elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish natijasida tizimga 40 mlrd so‘m zarar yetkazilgani ma’lum bo‘lgandi.