Talabalar uchun ayrim yo‘nalishlarda qo‘shimcha avtobus qatnovlari yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda Transport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Unga ko‘ra, 2023−2024-yil o‘quv yili boshlanishi sabab talabalarning OTM joylashgan hududlarga o‘z vaqtida yetib borishlari uchun quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha qo‘shimcha avtobus harakatlanadi:

  • Urganch-Toshkent;
  • Xiva-Toshkent;
  • Buxoro-Toshkent;
  • Toshkent-G‘ijduvon;
  • Toshkent-Qorako‘l;
  • Toshkent-Shofirkon.

Shuningdek, Vobkent, Jondor va Olot tumanlaridan 3-sentabrgacha qo‘shimcha avtobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yilmoqda.

Avtobuslar uchun chiptalarni Urganch shahridagi avtovokzaldan, Buxoro shahridagi avtoshox bekatidagi chiptaxonadan yoki havola orqali onlayn xarid qilish mumkin.


Avvalroq Avvalroq “Uzbekistan Airways” hamda “Silk Avia” aviakompaniyalari Mustaqillik bayrami munosabati bilan chegirma e’lon qilgandi. Chegirmalar 1-sentabrdan 3-sentabrgacha barcha yo‘nalishlar uchun amal qiladi.