“Uzbekistan Airways” kompaniyasi Mustaqillik bayrami munosabati bilan 1-sentabrdan 3-sentabrgacha barcha mahalliy yoʻnalishlar boʻyicha tariflarga 50% chegirma e’lon qildi. Bu haqda aviakompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, chegirma Let L-410 havo kemalarida amalga oshiriladigan aviaqatnovlar uchun amal qilmaydi.

Aviachiptalarni “Uzbekistan Airways” rasmiy sayti orqali, shuningdek, “Uzbekistan Airways Sales” filialida va aviakompaniyaning agentlaridan xarid qilish mumkin.